Jaka qishda "Roma"ga o'tishi mumkin
25 jan 2022 22:42
Yangiliklar
Jaka qishda "Roma"ga o'tishi mumkin
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka tez orada A Seriyaga yo'l olishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, agarda "kanonirlar" ushbu transfer oynasida o'z safiga boshqa markaziy yarim himoyachi qo'shib olishga muvaffaq bo'lsa, Jakaning jamoani tark etishi ehtimoli yuqori bo'ladi.
SHveycariyalik yarim himoyachiga asosiy davogar "Roma" bo'lib turibdi, klub o'tgan yozda futbolchini qo'lga kiritishga yaqin turgandi, ammo yakunda "Arsenal" bilan kelisha olmagandi.
Jaka joriy mavsum "Arsenal" safida Premer-liga doirasida 10 ta o'yinda maydonga tushib, atigi 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda yarim himoyachm "Liverpul"ga qarshi Liga kubogi yarim finalida olgan qizil kartochkasi uchun diskvalifikaciyani o'tamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar