So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  16

Jahongir Usmonovga futzal ommasidan rahmat! Yangiliklar

Jahongir Usmonovga futzal ommasidan rahmat!

Kecha O'zbekiston futzal Associaciyasi faoliyati tugatildi.

Futzal taraqqiyoti, murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, terma jamoalarni musobaqalarga tayyorlash va yuborish, shuningdek, milliy chempionat o'yinlarini tashkil qilish va o'tkazishni shu yilning oktyabr oyidan etiboran O'zbekiston Futbol Federaciyasi o'z nazorati ostiga oladi.

Demak, O'FA (O'zbekiston futzal Associaciyasi) endi yo'q va futzal O'FF tasarrufiga o'tdi. SHu o'rinda, biz mamlakatimizda futzalning rivojiga katta hissa qo'shgan Jahongir Usmonovni alohida etirof etgan bo'lardik. Jahongir Usmonov endilikda sobiq O'FAga 2006 yil vice-prezident etib tayinlangan va shu kunga qadar shu lavozimda faoliyat yuritib kelgan edi. Bundan tashqari, u "Ardus" jamoasi prezidenti hisoblanadi. Demak, bundan keyin Jahongir Mirabrorovich faqat "Ardus" prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 2006 yildan beri Osiyo chempionatlarida 3 bor kumush medalni va 2 marotaba bronza medalni qo'lga kiritdi. Toshkent esa 3 marotaba qita birinchiligiga mezbonlik qildi. Ayniqsa, o'tgan yil poytaxtimizda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati haligacha ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Ana shu musobaqada ayniqsa muxlislar butun OFKni lol qoldirishdi. Osiyo chempionatining o'tkazilishiga ham yuqori baho berildi, birinchi o'yindan to so'nggi final bellashuviga qadar barchamizni birdek his-hayajonda ushlab turdi. Ana shu musobaqada terma jamoamiz o'z tarixida birinchi marotaba Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi va Kolumbiya mezbonlik qilgan mundialda ishtirok etib qaytdi. Garchi, terma jamoamiz Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmagan bo'lsada, ularning o'yini muxlislarda iliq taassurot qoldirdi.

Yaqindagina futzal terma jamoamiz Turkmaniston poytaxti Ashxoboddan kumush medallar bilan qaytishdi. SHu kungacha O'zbekiston Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida 3 marotaba bronza medalini qo'lga kiritgan, lekin finalga chiqmagan edi. Demak, bu borada "Ashxobod-2017"dagi final oldinga yana bir qadam tashlanganini anglatadi. 

Bir so'z bilan aytganda, yuqoridagi yutuqlarda Jahongir Usmonovning hissasi juda katta bo'lgan.

O'zbekistonda futzalni rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun Jahongir Usmonovga minnatdorchilik bildirib qolamiz.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика