Jahongir Ortiqxo'jaev: "Tarixdagi eng qiyin chempionlik bo'ldi. Klub uchun yangi baza va akademiya qurish bo'yicha ishlar boshlangan"
24 noy 2023 21:31
Yangiliklar
Jahongir Ortiqxo'jaev: "Tarixdagi eng qiyin chempionlik bo'ldi. Klub uchun yangi baza va akademiya qurish bo'yicha ishlar boshlangan"
- "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklaymiz. Jamoa mavsumni qanday o'tkazdi?
- Og'ir mavsum o'tkazdik. CHempionlikni qo'lga kiritish oson bo'lmadi. Menimcha, tarixdagi eng qiyin chempionlik unvoniga sazovor bo'ldik. Mana shunday iroda bilan chempionlikka erishish kerak.
- "Paxtakor" Superliga g'olibi bo'lganiga qaramay, O'zbekiston kubogi va mamlakat superkubokida muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bunday natija borasida qanday fikrdasiz?
- "Paxtakor" har bir musobaqada g'olib bo'lishga intiladi. Mamlakat kubogi va superkubogidagi ishtirokimizni erta yakunlaganimiz qoniqarli bo'lmadi. Keyingi mavsumda natijalarimizni yanada yaxshilaymiz. Oldimizga qo'ygan rejalar va maqsadlar ulkan. Yangi baza va akademiya qurish bo'yicha ishlar boshlab yuborilgan. Ishlashda davom etamiz.
- Yangi akademiya va baza qaerda bunyod etilmoqda va qachon foydalanishga topshiriladi? Bu haqda batafsil malumot bera olasizmi?
- Keyingi uchrashganimizda, bunga o'zingiz bevosita guvohi bo'lganingiz yaxshiroq, nazarimda. Hozir esa chempionlikni nishonlaylik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar