So’nggi yangiliklar

23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  50 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  1 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  70 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  26 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0

Jahongir Jiyamurodov: "Yangier" xususiy klub, o'zini-o'zi taminlaydi" Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: "Yangier" xususiy klub, o'zini-o'zi taminlaydi"

O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqchichi 1-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Yangier" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "SHo'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Moliyaviy xolat tufayli o'yin kuni etib keldik. SHuningdek, Birinchi ligada 1-tur o'yinimiz qoldirilgani tufayli kirishib ketishimiz qiyin bo'ldi. Ikkinchi bo'limda charchoq alomatlari sezildi.

- Asosiy tarkibdan ko'nglingiz qanchalik to'ldi?


- Asosiy tarkibdan ko'nglim to'ldi. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, barcha ko'rsatmalar to'g'ri bajarildi. Ikkinchi bo'limda tajribali futbolchilarni tushirib o'yinni yanada kuchaytirishni maqsad qilgandim. Biroq, tajribali futbolchilarda ham jismoniy jihatdan muammolar ko'zga tashlandi. Ular raqibga o'z poziciyalarini boy berishdi va yakunda bu mag'lubiyatga olib keldi.

- Ikkinchi va uchinchi gollar etiborsizlik tufayli yuzaga keldi deb o'ylaysizmi?


- Ikkinchi gol yigitlarga ruhan tasir qildi. Bilmadim, menga shunday ko'rindi, ikkinchi golda o'yindan tashqari xolat bordek edi. O'yinni ko'rib chiqamiz va o'sha vaziyatni tahlil qilamiz. Ikkinchi goldan so'ng jamoamizda poziciyalar bo'yicha tarqoqlik ko'zga tashlandi.

- "Yangier"da mavsum avvalidayoq moliyaviy muammolar bormi?


- "Yangier" xususiy klub, o'zini o'zi taminlaydi. Xomiylarimiz xususiy klublar borasidagi yangi qaror chiqishini kutishayapti. SHu qaror chiqsa, xususiy klublar uchun imtiyozlar berilsa, moliyaviy imkoniyatlarimiz barqaror xolatga kelishidan umid qilayapmiz.

- "SHo'rtan" jamoasi haqida fikringiz...


- "SHo'rtan"ni tajribali mutaxassis boshqarayapti. Aleksey Estafeevni yaxshi bilaman, u raqobatbardosh jamoa tuzayotgani ko'rinib turibdi.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика