So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  21 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  7 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  16 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Jahongir Jiyamurodov: "Bugungi o'yindagi hakamlik ko'rib chiqilsa yomon bo'lmas edi" Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: "Bugungi o'yindagi hakamlik ko'rib chiqilsa yomon bo'lmas edi"

Bugun PRO-Liga 5-turidan o'rin olgan “Zomin" - "Turon" (1:2) uchrashuvidan so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




"Avvalambor, g'alaba bilan "Turon" jamoasini tabriklayman, yaxshi o'yin bo'ldi. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, ikki jamoa ham qaysidir manoda teng o'ynadi. Televidenie orqali o'yinni kuzatib borgan muxlislarga ham bugungi o'yin juda qiziqarli bo'lgani aniq. Balki bugungi bahs Superliga o'yinlaridan kam bo'lmadi deb o'ylayman.

Hakamlar vazifasini baholash mening ishim emas, lekin bugungi o'yinda hakamlik masalasini ko'rib chiqishsa yomon bo'lmas edi. Bunaqa xatolar hakamlar tomonidan qanchalik kam bo'lsa, bu ularning o'zbek futboliga katta yordami bo'lardi.

Birinchi bo'lim haqida aytadigan bo'lsam, to'g'ri o'yinni biz ko'proq nazorat qildik. Menimcha, birinchi bo'lim teng o'yin bo'ldi. CHap qanot himoyachimizning kichik xatosi evaziga boshlangan hujumdan gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi golni ham juda tez o'tkazib yubordik.

Jamoada ko'p narsa moliyaviy imkoniyatga taqaladi. Lekin biz mavjud imkoniyatdan kelib chiqib o'yin namoyish etmoqdamiz. Bugungi o'yinda yigitlardagi ishtiyoqni o'zlaring ko'rdinglar, manimcha jamoaning o'yini unchalik ham mablag'ga aloqador emas. Bu futbol, bizda hozirgi kunda ozgina omad etishmayapti.

Maydon xolati haqida gapiradigan bo'lsak, ozgina kamchiligi yo'q emas. Navbatdagi turni safarda o'tkazamiz, bu orada maydonimizda tamirlash ishlari olib boriladi" - deydi Jiyamurodov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика