So’nggi yangiliklar

20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  50 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  8 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  15 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  17 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  3 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  13 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0

Jahongir Abdurashidov: "Maqsadimiz "Zomin"ni Pro ligada olib qolish" Yangiliklar

Jahongir Abdurashidov: "Maqsadimiz "Zomin"ni Pro ligada olib qolish"

Pro liga navbatdagi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Zomin"(7:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jahongir Abdurashidov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bugun qiyin o'yin bo'lishini bilgan edik. "SHo'rtan" jamoasi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Superligaga chiqish uchun harakat qilmoqda. Birinchi bo'limda ikkita asosiy futbolchilarimiz jarohat olishdi. SHu sababli rejalarimiz buzulib ketdi. Natijada zaxiradan futbolchilarni tushurishga majbur bo'ldik. Aslida bu erga kecha kelib mashg'ulotlar olib borishimiz kerak edi. Ayrim sabablarga ko'ra bugun to'g'ridan-to'g'ri kelib maydonga chiqdik. Ushbu omillar ham tasir qiladi baribir. CHarchoq alomatlari bor edi.

"SHo'rtan" bilan oldingi o'yindan keyin 4-5 nafar asosiy tarkib futbolchilarimiz jamoani tark etdi. Undan keyin selekciya ishlarini amalga oshira olmaganmiz. Yakunda qolgan futbolchilar bilan o'yinlarga tayyorgarlik olib borilgan. Hozir ham tarkibimizni aksariyatini yoshlar tashkil qiladi.

Qarshi hujumlardan vaziyat yaratishga urindik. Lekin, hujumlarimizni yakuni bo'lmadi. Oldingi o'yinlarda ham ko'rgan bo'lsangiz birinchi bo'limdan so'ng kuchimiz qolmayapti. Nima desam bo'ladi, tarkibimizda tajribali futbolchilar kam. Jamoada yoshlar ko'p. Jamoaning o'rtacha yoshi 21 yoki 22. Maqsadimiz jamoani Pro ligada olib qolish",- deydi Abdurashidov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика