So’nggi yangiliklar

16:34ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Машъал" (Онлайн натижа)  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  1 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   11 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  3 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  2 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  4 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0 11:54Терма жамоага чақирилган легионерлар: ўтган бир ойни ким қандай ўтказди?  14 11:47Саудия Арабистони ва МЛС клублари Погба бўйича маълумотларни сўраган  0 11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  8 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  1

Jahon chempionlari endi “Lokomotiv” libosida harakat qilishadi Yangiliklar

Jahon chempionlari endi “Lokomotiv” libosida harakat qilishadi

Teglar :  FutzalLokomotiv
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi jahon bo'yicha etakchi jamoalardan biri sanaladi.

Buni ushbu terma jamoa qayd etayotgan natijalar ham ko'rsatib turibdi.

Mazkur terma jamoa yaqindagina 18 yoshgacha bo'lgan zaif eshituvchilar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqandi. Qolaversa, ushbu jamoamiz Osiyo chempionatida ham 3-o'rinni band etishga muvaffaq bo'lgandi. Endilikda zaif eshituvchilar terma jamoamiz Janubiy Koreyada o'tadigan qita birinchiligiga hozirlik ko'rmoqda.

Turli xil ijtimoiy loyihalar amalga oshirishda ancha faol bo'lgan “Lokomotiv” professional futbol klubi zaif eshituvchilar jamoasi bilan yaqin aloqalar yo'lga qo'ydi. Ayni paytda ushbu jamoa “Lokomotiv” PFK nomidan Toshkent shahar havaskorlar futbol ligasida ishtirok etmoqda. “Lokomotiv” jamoaning barcha azolarini to'liq ekipirovka hamda sport anjomlari bilan taminladi. Qolaversa, jamoaning mashg'ulotlar o'tkazishi va o'yinlarga puxta tayyorgarlik olib borishi uchun sport zali ham ajratdi.

 

Kuni kecha “Lokomotiv” stadionida zaif eshituvchilar jamoasi azolari bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda klub rahbariyati hamda zaif eshituvchilar jamoasining ekipirovka bilan taminlanishida o'z yordamini ayamagan Elmakon kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida “Lokomotiv” PFK bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov so'zga chiqib, zaif eshituvchilar jamoasi bilan yaqin aloqalar hali uzoq davom etishini bildirdi:

– O'zbekistonlik zaif eshituvchilar jamoasi butun jahonda o'z obro'siga ega. Ushbu jamoa hamisha o'zi qatnashadigan musobaqalarda yuqori o'rinlarni band etadi. Biz bunday ajoyib jamoaning klubimiz nomidan shahar havaskorlar ligasida ishtirok etayotganidan mamnunmiz. Ushbu jamoaga qanday yordam zarur bo'lsa, uni ko'rsatishga doim tayyormiz, – dedi To'labek Akramov.

Takidlab o'tamiz, 4-marta o'tkazladigan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi chempionatida O'zbekiston zaif eshituvchilar jamoasi ham ishtirok etadi. Musobaqa ertadan start oladi va 6 maygacha davom etadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика