So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  10 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

Jahon chempionatlari evolyuciyasi Yangiliklar

Jahon chempionatlari evolyuciyasi

Teglar :  Jahon chempionati
Kecha FIFA rasmiy "Tvitteri" 2026 yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etishini elon qildi.

Ushbu voqea tufayli mundial ishtirokchilari soni oshirilgan jahon chempionatlarini yodga olamiz.

JCH-1930 Urugvay

Futbol tarixidagi ilk jahon chempionati 1930 yil Urugvayda o'tkazilgan. O'sha mundialda bor-yo'g'i 13 ta mamlakat ishtirok etgan. 13-30 iyul kunlari o'tkazilgan ushbu musobaqada Urugvay, Argentina, CHili, Franciya, Meksika, Yugoslaviya, Braziliya, Boliviya, Ruminiya, Peru, AQSH, Paragvay va Belgiya ishtirok etgan. Birinchi jahon chempioni ilk mundial mezboni Urugvay terma jamoasi bo'lgan.



JCH-1934 Italiya

Ikkinchi jahon chempionatidagi ishtirokchilar soni 16 taga etdi. 4 ta guruhdagi jamoalar sonini tenglashtirish uchun shu qarorga kelindi. Mundialga chiqish uchun ilk marotaba 32 ta jamoa saralash bahslarida ishtirok etdi. Amaldagi jahon chempioni bo'lgan Urugvay ushbu musobaqada ishtirok etmadi. Bu turnirda ham musobaqa mezboni g'olib bo'ldi. Italiya finalda CHexoslovakiyani 2:1 hisobida taslim etdi.



JCH-1982 Ispaniya

Ispaniyada o'tgan mundialda jahon chempionati ishtirokchilari soni 24 taga etdi. Birinchi 4 ta jamoadan tashkil topgan 6 ta guruh tashkil etildi. Jazoir, Kamerun, Gonduras, Quvayt va Yangi Zelandiya birinchi marotaba ushbu musobaqada ishtirok etishdi. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan 12 ta jamoalar uchun navbatdagi 3 ta jamoadan tashkil topgan 4 ta guruhga bo'lindi. Ikkinchi bosqichdagi guruh g'oliblari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Ushbu mundialda ham Italiya g'olib bo'ladi.



JCH-1998 Franciya

Franciya maydonlarida o'tgan 1998 yilgi jahon chempionatida 32 ta jamoa qatnashdi. Ushbu mundialda 64 ta o'yin o'tkazildi. Franciyadagi jahon chempionatida 32 ta jamoa 8 ta guruhga bo'lindi va guruh bosqichidan so'ng, pley-off o'yinlari o'tkazila boshlandi. Turnir finalida Braziliya va Franciya to'qnash keladi. Hozirda "Real" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Zinedin Zidan braziliyaliklar darvozasiga 2 ta gol urib, o'z mamlakatiga jahon chempioni nomini olib beradi.



JCH-2026

FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantino futbol faqat Evropa va Janubiy Amerika emasligini aytib, boshqa mamlakatlarga ham imkon berish niyatida mundial ishtirokchilari sonini 48 taga etkazish taklifini berdi. 2017 yil 10 yanvar kuni o'tkazilgan FIFA yig'ilishida ushba taklif qo'llab-quvvatlandi va 2026 yildagi mundialda 48 ta jamoa ishtirok etishi rasman tasdiqlandi. Hozircha mezbonlik qilishi nomalum bo'lgan jahon chempionati formati quyidagicha bo'ladi: 3 ta jamoadan tashkil topgan 16 ta guruh tashkil etiladi. Guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni olganlar turnirning pley-off bosqichiga o'tadi va g'olib finalda aniqlanadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика