So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  3 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Jahon chempionatida 3-o'rinni olgan O'zbekiston nogiron-amputantlar termasi azolari O'FA belgisi va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi Yangiliklar

Jahon chempionatida 3-o'rinni olgan O'zbekiston nogiron-amputantlar termasi azolari O'FA belgisi va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi

O'zbekiston futbol associaciyasida Turkiyada bo'lib o'tgan Jahon CHempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston amputantlar terma jamoasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda O'FA rahbariyati, Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ravshan Ermatov amputantlar terma jamoamizni O'FA prezidenti Abdusalom Azizov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, qolaversa, butun futbol jamoatchiligi nomidan Jahon chempionatidagi munosib ishtirok bilan tabrikladi. Ushbu natijaning ortida ulkan iroda va matonat turganini aytib, bu futbolchilar xalqimizni mehrini qozongani, yoshlarimizga esa haqiqiy namuna va o'rnak bo'lganini takidlab o'tdi. Vatan shani va obro'-etiborini qanday himoya qilish kerakligini yana bir bor barchaga namoyish qilganini etirof etdi. 


Uchrashuv davomida vazir o'rinbosari SHahrullo Mahmudov jamoaning mundialda qayd etgan natijalariga to'xtalib, musobaqa davomida jamoamiz Kolumbiya, Italiya, Ispaniya kabi jamoalarni mag'lub etilganini alohida takidlab o'tdi. SHuningdek, Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avaz Karimov jamoaning ko'rsatgan o'yini tahsinga sazovor ekanligini aytib, futbolchilarni samimiy tabrikladi. 



Jamoamizning keyingi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishiga ishonch bildirildi. Bundan tashqari, faoliyatini murabbiy sifatida davom ettirish istagida bo'lgan terma jamoa vakillariga O'FA tomonidan murabbiylik kurslarida bepul o'qish imkoniyati taqdim etilishi malum qilindi. Yurtimizda o'tkaziladigan yirik musobaqalar doirasidagi uchrashuvlarni tomosha qilish uchun jamoa azolariga maxsus joylar ajratilib, boshqa terma jamoalar bilan tajriba almashinuvi yo'lga qo'yiladi. 



O'z navbatida, jamoa nomidan terma jamoa bosh murabbiyi Rustam Mehmonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi va samimiy qutlovlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuv yakunida O'zbekiston amputanlar terma jamoasining 3 nafar faxriy azosiga “O'zbek futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun” ko'krak nishoni taqdim etildi. Tadbir yakunida terma jamoaning barcha azolari O'FA belgisi va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика