So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

Jafar Irismetov: "Paxtakor"da chempionlik uchun imkoniyat ko'proq, lekin hozirgi o'yini bilan qiynalishi mumkin" Yangiliklar

Jafar Irismetov: "Paxtakor"da chempionlik uchun imkoniyat ko'proq, lekin hozirgi o'yini bilan qiynalishi mumkin"

O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Jafar Irismetov chempionlik poygasida jamoalarning imkoniyatlarini baholadi. Mutaxassis har bir jamoaning bugungi holati haqida ham to'xtalib o'tdi.

— "Paxtakor" ayni paytda birinchi o'rinda turibdi. Qolgan jamoalarning taqvimini olib qaraganda "Paxtakor"da chempionlik uchun imkoniyat ko'proq, lekin jamoani OCHLda ishtirok etayotganini hisobga olsak, oson bo'lmaydi. Eng yaxshi taqvim bo'yicha "Paxtakor" ikkinchi o'rinda. Ammo hozirgi ko'rsatayotgan o'yini bilan qiynalishi mumkin deb hisoblayman, chunki o'yinning o'zi yo'q. Mazmunli o'yin ko'rinmayapti. Oxirgi o'yinlarda juda bo'sh o'ynamoqda. Maksim FIFA kunlaridagi tanaffusdan foydalanib, yigitlarni ozgina jonlantirmasa, qiyinaladi. To'g'risini aytganda, "Paxtakor"da yilning boshidan beri chiroyli o'yin ko'rayotganimiz yo'q. Futbolchilarda katta "spad" sezilyapti. Terma jamoa futbolchilari ham xuddi birinchi marotaba maydonga tushgandek taassurot qoldirmoqda.

— "Navbahor"ga ham oson bo'lmaydi. Klubning 3 ta frontda kurashayotganini hisobga olish kerak, taqvimi qiyinroq. "Nasaf" va "Neftchi" bilan o'yinlari, OCHL uchrashuvlari va terma jamoaga futbolchilarni chaqirilishi omillardan kelib chiqib, chempionlik uchun kurashda "Navbahor"ni uchinchi o'ringa qo'ygan bo'lardim.

— "Neftchi"da ham imkoniyat juda yaxshi. "Paxtakor"ning zaxirasida 3 ochko borligi uchun chempionlik uchun kurashda peshqadam, dedim. Eng yaxshi taqvim va raqiblar "Neftchi"da. Jamoa etiborni faqat Superligaga qaratgan. OCHLda qatnashmayapti. Terma jamoada futbolchilari deyarli yo'q. Ochig'i, "Paxtakor"da 3 ochko ko'p bo'lmaganida, "Neftchi" oltin medallar uchun kurashishda imkoniyatlardan kelib chiqib birinchi raqamli jamoa deya olardim. Vitaliy Levchenkoni qanday murabbiyligini ko'rdik. Agarda to'g'ri tayyorlay olsa, balki "Neftchi"ni chempion sifatida ko'rarmiz. "Paxtakor" qaerdadir qoqilsa, "Neftchi" birinchi o'ringa chiqib olishi mumkin.

— "Nasaf" har yilgidek kerakli o'yinlarda ochko yo'qotmoqda. Bu jamoa ham 3 ta frontda qatnashyapti. Mavsum oxirida "Navbahor" va "Paxtakor" bilan principial qarama-qarshiliklari bor. "Nasaf"ga qiyinroq bo'ladi. Imkoniyatlar bo'yicha "Nasaf"ni to'rtinchi o'ringa qo'yaman.

— "Neftchi" qoldirilgan o'yinda yutish ehtimoli katta. SHuning o'zi imkoniyatlarni oshiradi. So'nggi turdagi "Navbahor" bilan o'yin chempionlik jangi bo'lishi mumkin. Tajriba bo'yicha olsak, "Paxtakor"da bu narsa bor. Murabbiylar shtabini bilmadim-ku, futbolchilarda kerakli tajriba shakllangan. Murabbiylar shtabi jamoani eplay olmayotgani aniq. Selekciyada adashishdi. Klubda sport direktori kimligini bilmayman. "Paxtakor"da 11-12 nafar futbolchi yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Yangi olib kelingan 6 nafar legioner darajaga to'g'ri kelmaydi. CHempionat oxirida "spad" bo'lishi aniq, chunki futbolchilar terma jamoaga boradi. Hozir "Paxtakor" "chuqur"ga tushgan. Buni to'ldirish uchun zaxira kerak. "Paxtakor" sport direktoriga katta savol tug'iladi. Bu o'yinchilar nima maqsadda olib kelingan? Mensiz ham buni hamma biladi. Futbolchi olib kelingandan keyin o'ynashi kerak. Qolgan jamoalar – "Navbahor" va "Neftchi" kuchayishdi, yaxshi selekciya qilishdi. "Nasaf"da ham legionerlar yaxshi o'ynayapti. Kubok va OCHLda o'ynayotgan jamoalar mavsum oxirida tarkibda rotaciyalar qilishi chempionat uchrashuvlarida asqatadi.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика