Ivan Kelava: "Real" bizga mukofot puli taklif qildi demaganman"
13 may 2016 12:13
Yangiliklar
Ivan Kelava: "Real" bizga mukofot puli taklif qildi demaganman"
U bir necha kun oldin jurnalistlar bilan suhbatda "Granada" "Barselona"dan ochko olishi uchun "Real" mukofot puli taklif qilishi haqida gapirgan edi.
"Kecha mashg'ulotga kelganimda klub prezidenti Kike Pine meni havotirli ovozda chaqirdi, nima bo'lganidan xabarim yo'q edi.
Keyin u menga muammoni tushuntirdi, ammo men "Real" bizga mukofot puli taklif qildi demaganman. So'zlarimni noto'g'ri tarjima qilishgan" - deydi posbon.
Kelava o'zining "Tvitter"dagi sahifasida intervyuning original varianti ko'rsatilgan veb-manzilni elon qildi.
Eslatib o'tamiz, "Granada" Ispaniya chempionatining so'nggi 38-turida "Barselona"ni qabul qiladi. Agar Kataloniya klubi ushbu bahsda ochko yo'qotsa va "Real" mehmonda "Deportivo"ni mag'lub etsa "Qirollik klubi" Primero g'olibiga aylanishi mumkin.
Ispaniya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar