So’nggi yangiliklar

13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  0 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  8 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  3 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4

Ivan Boshkovich: "Istalgan jamoa raqibdan bir kishi ko'p bo'lib qolsa, g'alaba uchun o'ynashi kerak" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Istalgan jamoa raqibdan bir kishi ko'p bo'lib qolsa, g'alaba uchun o'ynashi kerak"

Coca Cola Superligasi 9-turi doirasida "Andijon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Ko'rdingiz, uchrashuv yakunigacha bosimga boy o'yin bo'ldi. Uchrashuv muxlislar uchun ham qiziqarli ko'rinish oldi, chunki ikkita gol so'nggi daqiqalarda urildi. Birinchi bo'limda "Andijon" futboldagi o'sha etti asosiy elementni hisobga olsak, bizdan ko'ra bir bosh ustunroq o'ynadi. Nafaqat natijada yutqazdik, balki, kurashlarda ham mag'lub bo'ldik, juda ojiz ko'rindik, yaxshi himoyalana olmadik. Mashg'ulotlarda to'p bilan qanday ishlagan bo'lsak, bugun shunday bo'lmadik, sekin harakatlandik. Tanaffusdan keyin rejalarni o'zgartirdik, zaxiradan uch futbolchi maydonga tushdi. Barcha futbolchining o'yinidan mamnunman, zaxiradan tushayotganlar ham o'yinin kuchaytira olishdi. Yigitlar oxirigacha harakat qilishdi. Raqibdan bir kishi ko'p bo'lib qolganimiz esa ko'proq vaziyat yaratishimizga turtki bo'ldi. Qanotlardan ko'proq hujumga o'tdik. Tomonlarni tez o'zgartirib, jarima maydonchasiga yorib kira boshladik. Yakunda ikkita gol urish nasib qildi. Birinchidan bu mahoratga bog'liq bo'ldi. Bungacha "Andijon" barchasiga ulgurayotgandi, yaxshi himoyalandi. Hisobning 1:1 bo'lgani esa ruxiy tomondan yordam bo'ldi. Ikkinchi golni urish uchun etarlicha vaqt bor edi va raqiblarning jarima maydonchasi atrofiga joylashishni boshladik. Yakunda jamoaga g'alaba keltirgan golni ura oldik. 

- Birinchi bo'limda o'tkazib yuborilgan golda himoyachilar bir-biriga yordam berishmadi. O'sha vaziyatda nima bo'lgandi?

- Balki himoyachilar o'rtasidagi munosabatda, yani o'zaro tushunishda muammo bo'lgandir. To'p havodan yaxshi uzatildi. "Andijon" futbolchisi juda qiyin poziciyadan gol urdi. Himoyachilarning o'zaro tushunishi uzilib qolgani hujumchiga yordam berdi. Qiyin nuqtadan chiroyli gol urildi. Aytdim, birinchi bo'limdagi o'yinimizdan juda va juda noroziman. Barcha futbolchilar o'z darajasidan, imkoniyatidan bir pog'ona past o'ynadi. 

- Birinchi bo'limdagi 0:1 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin g'alabaga ishondingizmi?

- Albatta. Biz birinchi golni urish uchun qattiq harakat qilishimiz kerak edi. SHundan keyin ikkinchi golni urishga etarlicha vaqt bor edi, undan tashqari, bir kishi ko'p bo'lib qoldik. Yigitlarning o'zi ham bunga ishonishdi va g'alaba uchun o'ynashdi. Tezkor gollar urib tashlashdi. Nafaqat men, balki, hamma g'alabaga ishondi. Aslida raqib bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin istalgan jamoa yutish uchun o'ynash ham kerak.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика