Ivan Boshkovich: "Farruh Ikromovga nisbatan biroz qattiqqo'llik qilishdi deb o'ylayman. U shunchaki gol urganini nishonlayotgan edi"
04 noy 2022 00:37
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Farruh Ikromovga nisbatan biroz qattiqqo'llik qilishdi deb o'ylayman. U shunchaki gol urganini nishonlayotgan edi"
“Maydonda to'liq ustunlik qildik deb aytishim mumkin. To ikkinchi golgacha maydonda nazorat o'rnatgan edik. SHukrki, g'alabani ushlab qola oldik”, - deydi Boshkovich.
“Agar ko'rayotgan bo'lsangiz, so'nggi oltita o'yinda olti xil taktikada o'ynadik. Yaxshi jamoa bir o'yinda taktikani o'zgartira olishi, vaziyatga qarab moslasha bilishi kerak. Biz buni uddalay olayapmiz deb hisoblayman”.
“Farruh Ikromovni bir yil tanaffusdan keyin qaytgani va dastlabki golini kiritgani bilan tabriklayman. U biroz qizishib ketdi, unga nisbatan qattiqqo'llik qilishdi deb o'ylayman. Farruh shunchaki gol urganini nishonlayotgan edi”.
“Aziz Haydarovning zaxira o'rindig'ida o'tirishi bizga yordam beryapti. Buni o'zim so'ragandim. Uning futboldagi bilimi, imidji va tajribasi bizga kerak”
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar