So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Ivan Boshkovich: "Bunday o'yin va natija bilan "Qizilqum"ni faqat tabriklash kerak" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Bunday o'yin va natija bilan "Qizilqum"ni faqat tabriklash kerak"

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'tkazib yuborilgan 4ta goldan so'ng aytishim mumkinki, biz yaxshi harakat qilmadik. Qaysidir manoda o'z darajamizga hos o'ynaganimiz yo'q. "Qizilqum" haqli tarzda g'alaba qozondi. O'yindagi jarayonlar turlicha kechdi. Biz ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Vaziyatni o'nglashga astoydil harakat qildik. Hattoki, 2:3dan keyin ham o'yinni o'zgartirishimiz kerak edi, deya olaman. "Qizilqum" yaxshi va tezkor hujumlar tashkil qildi. Biz o'zimizga ko'p muammo yaratdik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman va omad tilayman. Biz esa o'z o'yinimizni tahlil qilib chiqamiz. Xatolar ustida ishlashimiz shart",- deydi Boshkovich.

- Tarkibda asosiy futbolchilar nima uchun maydonga tushmadi?

- Bu haqida gapirish qiyin. "Navbahor" bilan g'alabali o'yindan keyin "Metallurg"ga mag'lub bo'ldik. "Paxtakor" bilan o'yinda ham yomon o'ynamadik. Balki spad yuz bergandir. Ayrim futbolchilar o'z darajasida o'ynamadi. Buni albatta tahlil qilamiz. 

- Birinchi davradagi va ikkinchi davradagi "Qizilqum"ni farqi bormi?

- "Qizilqum" bugun individual va boshqa jabhalarda ham bizni mag'lub etdi. O'yin sifati, darvozaga zarbalar, hujumlar tashkil qilishda raqibga engildik. Ochig'ini aytganda, "Qizilqum"dan ikkinchi davrada bunday sifatli o'yin kutmagandim. Biz o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Bunday natija va sifatli o'yin bilan "Qizilqum"ni faqat tabriklash kerak. 

- "Qizilqum" jon saqlash yo'lida kurashmoqda. "So'g'diyona" esa deyarli Superligada qolish masalasini hal qilgan...

- Oldindan biror narsa deyish xato. Biz turnir jadvalida imkon qadar ko'tarilishimiz kerak. Superligada raqobat yuqori. CHempionat darajasi ham shunday. Jamoalar saviyasi tenglashgan. Turnir jadvalida ham farq bor. "Paxtakor" ham, "Navbahor" ham umuman barcha jamoalar ochko yo'qotmoqda.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика