Ivan Boshkovich: "Bizga eng qiyin raqib ro'baro' keldi"
01 fev 19:30
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Bizga eng qiyin raqib ro'baro' keldi"
Biroz oldin Superliganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi ilk turda Qarshida "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqadi. O'tgan mavsum ikki bor raqibidan ustun kelgan Boshkovich jamoasi bu safar ham jiddiy qarshilik ko'rsatishga harakat qiladi. Bu borada "So'g'diyona" ustozi Ivan Boshkovich fikrlarini bildirdi.
"Eng qiyin raqib ro'baro' keldi. Amaldagi chempionga qarshi o'ynaymiz. Lekin bu biz uchun qo'shimcha motivaciya beradi. Ular ham jamoamizga o'zgacha chaqiruv tashlashlari tabiiy, chunki o'tgan yili "Nasaf"ni ikki marotaba taslim qilganmiz. O'ylaymanki, qiziqarli uchrashuv guvohiga aylanamiz",- deydi Ivan Boshkovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar