So’nggi yangiliklar

08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  0 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  2 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  1 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  9 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11

Italyancha tarbiya Zinedin Zidanga as qotmoqda Yangiliklar

Italyancha tarbiya Zinedin Zidanga as qotmoqda

Zinedin Zidan murabbiylar ichida birinchi marta Marchello Lippi ishidan hayratlanganini hech qachon yashirmagan.

Eslatib o'tamiz, Zizu "Yuventus"da ushbu murabbiy qo'l ostida o'ynagan. 

Zidan futbolchi sifatida aynan italiyalik murabbiy qo'l ostida sezilarli darajada o'sishga erishgan. Etiborli jihati nafaqat jismoniy tomondan, balki taktik jihatdan ham. Lippi qo'l ostidagi "Yuventus" himoyaga alohida urg'u beradigan jamoa edi, lekin Zidan va Alessandro Del Perodek futbolchilarning jamoaga kelishi, uni vaqt o'tishi bilan hujumkor klublar qatoriga ham qo'shishga imkon yaratdi.

Aynan Italiyada Zidan "balans"ning qadrini tushunib etdi. Murabbiy Zinedin Zidan ishtirokidagi matbuot-anjumanlarini etibor bilan kuzatgan muxlislar yaxshi bilishadi, francuz ko'p bor aynan muvozanat haqida takror va takror fikr bildiradi. Tarkibda Krishtianu Ronaldu bilan francuz qisman erkinlikka ega bo'lgandi, lekin hozir vaziyat biroz boshqacha. 

"Madrid"ning zamonaviy tarixidagi eng omadli 2016/17-yilgi mavsumda, o'shanda jamoa 6 sovrindan 5tasini qo'lga kiritgan, jumladan CHempionlar Ligasi va La Ligada zafar quchgan, "qaymoqranglilar" o'rtacha har o'yinda 1,2 tadan gol o'tkazib yubordi. Biroq bu narsani jamoa hujumdagi faollik, urilgan gollar evaziga yopib keta oldi.

U vaqtlar endi tarixda qoldi. Krishtianu Turinga, "Yuventus" safiga ketdi va na Xulen Lopetegi, na Santyago Solari "Real Madrid"ning tarixdagi eng yaxshi to'purari o'rnini yopish imkonini topa bilishmadi. Bu ishni "qaymoqranglilar" kemasini 2018/19 yilgi mavsum oxirida qutqarishga uringanda Zidan ham amalga oshira olmadi.

Balans — Zidanning ushbu mavsumdagi "asosiy kartasi". U jamoaning himoyadagi o'yinini nisbatan tartibga sola oldi. Endi "Real" har o'yinda o'rtacha 0,8tadan gol o'tkazib yubormoqda. Bu esa oxirgi uch mavsumdagidan ancha yaxshi ko'rsatkich, lekin... Har lekinning bir ammosi bor deyilganidek, himoyada ishonchliroq o'ynayotgan "Madrid" endi avvalgiga qaraganda kamroq gol ham urmoqda — har o'yinda o'rtacha 2,1 ta.

Hozir "Madrid"ning mavsumdagi gollari soni saksonlik dovonga yaqinlashib qoldi, bu sezib ulgurganingizdek, jamoada Krishtianu bor paytlardagi natijalardan ancha yiroqda. 

Zinedin Zidan italyancha futboldan olgan bilimlari yordamida urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar orasidagi muvozanatni ijobiy nuqtaga keltira oldi. Natijada, ketma-ket ECHLdagi g'alabalardan keyin qiyin davrni boshdan o'tkazyapti deyilgan "Qirollik klubi" yana jiddiy kuchga aylandi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика