Italiyada Mourinyu istefosi haqida gap-so'zlar bolalay boshladi
12 noy 2022 12:08
Yangiliklar
Italiyada Mourinyu istefosi haqida gap-so'zlar bolalay boshladi
So'nggi paytlarda portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyuning "Roma" boshqaruvidagi ishlari yaxshi ketayotgani yo'q, klub ligadagi oxirgi 4 ta o'yindan faqat 1 tasida g'alaba qozondi.
Italiyada esa Mourinyuning loyihaga qiziqishi yo'qolganlini, shuning uchun natijalar shunday ko'rinish olayotgani haqida gapira boshlashdi.
Mourinyu "Real" murabbiyligiga ko'z tikkani yana bir sabablardan biri sifatida ko'rsatilmoqda – Italiyaning "La Repubblica" nashri malumotlariga ko'ra, mavsum oxirida Karlo Anchelotti yana klubni tark etishi kutilmoqda va "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallanganiga qaramasdan, Mourinyu uning o'rinbosari bo'lishi mumkin.
Fikrlar