Italiya grandlari Bundesliga ikkinchi to'purariga qiziqishmoqda
14 noy 2023 14:06
Yangiliklar
Italiya grandlari Bundesliga ikkinchi to'purariga qiziqishmoqda
Uning o'yinlarini jonli ko'rishga ham ulgurishdi.
"Inter" va "Milan" "SHtutgart" hujumchisi Seru Girassining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi taniqli insayder Nikolo Skira.
Milanning ikki klubi skautlari allaqachon gvineyalik hujumchi ishtirokidagi o'yinlarga shaxsan tashrif buyurishdi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Seru Girassining faoliyati birdan cho'qqiga chiqdi. Bundesliganing joriy mavsumida u 10 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi. Bungacha Girassi chempionat bir mavsumida maksimal 11 ta gol urgan. Va bu o'tgan mavsumda sodir bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar