So’nggi yangiliklar

02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  16 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  2 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  6 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  3 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  18 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  22

Italiya A Seriyasi, 1-tur anonsi Yangiliklar

Italiya A Seriyasi, 1-tur anonsi

Bugun Italiya A Seriyasiga "Yuventus" - "Kalyari" o'yini orqali start beriladi.

Italiyaning amaldagi chempioni, Massimiliano Allegri boshchiligidagi "Yuventus" o'z uyida "Kalyari"ni qabul qiladi.


Massimo Rastelli jamoasini Turinda ancha jiddiy start kutmoqda. O'tgan yilgi mavsumni yaxshi saviyada o'tkazgan va o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib, anchagina munosib o'rinni egallagan jamoa uchun yangi mavsum qiyin raqib bilan boshlanmoqda.

O'tgan mavsum Massimo Rastelli uchun A Seriyadagi debyut bo'lgandi. Rastellining A Seriyadagi debyuitini ajoyib ruhda o'tkazdi. Ilk urinishda 11-o'rinni qo'lga kiritish bu hazil natija emas.

"Kalyari"ning yulduz futbolchisi - Marko Borrello. Ushbu qariya hujumchi o'zining boy tajribasi evaziga jamoadagi asosiy rolni bajarmoqda. Futbolchilarni o'z ortidan ergashtira olayotgan Borrello gol urishda ham faollik ko'rsatmoqda.
Borrello o'zi o'ynagan ko'plab jamoalarda muxlislar yoqimtoyiga aylana olmagandi. Kalyarida esa Marko zo'rlarning eng zo'riga aylandi.

SHuning uchun ham yangi mavsum oldidan "Kalyari" jamoa yulduzi va to'purarini olib qolishga qaror qildi.

Ammo "Kalyari"ni yangi mavsum oldidan uch nafar asosiy himoyachi tark etdi. Brunu Alvesh, Maurisio Isla hamda Nikola Murra faoliyatlarini boshqa jamoalarda davom ettirishni maqul topishdi.

O'tgan yili B Seriyadan kelgan "Kalyari" A Seriyada 11-o'rinni egallab yangi mavsum oldidan mo'ljalni yanada kattaroq qilib belgiladi. Bu esa jamoaga ortiqcha bosim yuklaydi.
Bugungi bahs ular uchun yaxshigina imtihon bo'lishi shubhasiz.


Birinchi turda "Kalyari" Turindan ochko bilan qaytishi deyarli mo'jizaga teng.
Faqatgina birgina fakt "Kalyari"ni ilhomlantirishi mumkin. "Yuventus" Allegri qo'l ostida odatda mavsumni nisbatan biroz muvaffaqiyatsiz boshlaydi. Jamoa himoyasidagi asosiy qurg'on Bonuchchi ketgan va bu jihat "Yuve"ga birinchi o'yinda pand berishi mumkin.
Yangi himoyachilar va yangi bog'lamlar hali ishga tushguniga qadar kamchiliklar ruy berishi mumkin. Marko Borrello bu yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kemtiklardan maksimum foydalanishga harakat qilishi aniq.
Lekin "Kalyari"ni Turinda muvaffaqiyat start olishi juda qiyin masala.
Rastelli shogirdlari aynan shu qiyin masalani hal etishga urinib ko'rishadi.


Allegri esa superkubokdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin jamoa ishqibozlariga g'alabani taqdim etishga majbur. "Yuventus" amaldagi chempion sifatida o'z uyidagi ilk o'yinda haqiqiy chempionlarga xos start olishi kerak.

Jamoani yangi mavsum oldidan Bonuchchi, Dani Alvesh, Lemina, Rinkon singari futbolchilar tark etishdi.
Ularning o'rniga De SHilo, Matyuidi, Bernardeski, Bentankur, SHesni, Duglas Kosta keldi.

Jamoa ushbu yozgi transfer bozoridan keyin kuchsizlanmadi, aksincha kuchaydi.

"Yuventus" uchun yangi mavsumdagi asosiy maqsad baribir Italiya chempionligi bo'lib qolaveradi. Jamoa ketma-ket ettinchi bor skudettoni qo'lga kiritishni istaydi.

Bugungi bahsda jamoa safida bir qator yangi kelgan futbolchilar debyut qilish imkoniyatiga egalar. Xususan kuni kecha xarid qilingan Blez Matyuidi ham "Kalyari"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilgan.
SHuningdek, Duglas Kosta va De SHiloni boshlang'ich tarkibda ko'rsak ajab emas.

Tunda Italiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan yana bir bahs "Verona" hamda "Napoli" jamoalari o'rtasida kechadi.


A Seriyaga qaytgan "Verona" "Napoli"ga jiddiy jang taklif qilishi shubhasiz. Bu jamoa ayniqsa o'z uyida juda kuchli o'yin ko'rsatadi.

"Napoli" esa chempionlik yo'lidagi dastlabki qadamni munosib qo'yishga harakat qiladi.

Mertens, Kalexon, Insine, Milik va Gamshik singari futbolchilar "Verona"ning himoyasini yaxshigina bezovta qilishlari tayin. "Verona" himoyachilari bu kabi ijrochilarni qanday to'xtatib qolishlarini o'yinda ko'ramiz.

Har ikkala uchrashuvni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.

Italiya A Seriyasi, 1-tur.

"Yuventus" - "Kalyari" (21:00)

"Allianz Stedium" stadioni.

Bosh hakam: Fabio Mareska.

"Yuventus": (taxminiy tarkib 4-2-3-1) Buffon, De SHilo, Rugani, Kellini, Aleks Sandro, Xedira, Pyanich, Duglas Kosta, Dibala, Manjukich, Iguain.

"Kalyari": (taxminiy tarkib 4-3-1-2) Krano, Padoin, Pizakane, Andreolli, Myange, Barella, CHigarini, Yonice, Joao Pedro, Sau, Borrello.


"Verona" - "Napoli" (23:45)

"M.A Bentegodi" stadioni.

Bosh hakam: Maykl Fabbri.

"Verona"
: (taxminiy tarkib 3-4-3) Nikolas, Kaseres, Karachcholo, Erto, Romulo, Sukulini, Bessa, Suprayen, CHerchi, Paccini, Verde.

"Napoli"
: (taxminiy tarkib 4-3-3) Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Gulyam, Allan, Jorjino, Gamshik, Kalexon, Mertens, Insine. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика