So’nggi yangiliklar

19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  0 19:00Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  5 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  8 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  12 18:31Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор" 1:0 (матнли трансляция)  2 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  2 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  12 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0

"Istiqlol"ga qarshi o'yin, Eronning eng kuchli klubi va koronavirus haqida". SHota Arveladze bilan intervyu Yangiliklar

"Istiqlol"ga qarshi o'yin, Eronning eng kuchli klubi va koronavirus haqida". SHota Arveladze bilan intervyu

"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi SHota Arveladze championat.asia sayti yordamida Eronning IRNA axborot agentligiga intervyu berdi.

Quyida ushbu intervyuni taqdim etamiz.


- "Istiqlol"ga qarshi o'yin haqida nima deya olasiz?

- Agar statistikaga qarasangiz to'pni nazorat qilishda raqibdan katta ustunlikka ega bo'ldik - 70:30. Darvozaga aniq zarbalar va burchak to'plari bo'yicha ham raqibdan ustun edik. "Istiqlol" qolgan Eron klublari singari jismonan juda ham yaxshi tayyorgarlikka ega. O'yini yaxshi tashkil etilgan, himoya chizig'i va hujumchilari juda kuchli. "Istiqlol" ko'proq urg'uni himoyaga qaratdi. Ammo biz shu kuni g'alabaga loyiq edik. O'yinni nazorat qildik, faqat bazi vaziyatlarda raqib hujumlarini o'tkazib yubordik xolos. Raqib oddiy emasdi, kurashdi, hujum qildi, ammo g'alabaga haqli jamoa g'olib bo'ldi.

- "Paxtakor" so'nggi bor 16 yil yarim finalga chiqqan. Bu yil ushbu natijani takrorlay olasizlarmi?

- Qaysi bosqichga qadar etib borishimizni bilmayman. Ammo so'nggi 3 yilda bu jamoani "qurdik". Klubda ko'plab yaxshi ishlarni amalga oshirdik, masalan, akademiyadagi tayyorgarlik, o'yin falsafasi, texnologiyalar va bu jamoa poydevorini o'zgartiradi, ammo "Paxtakor"ning chiroyli va tomoshabop o'yin namoyish etish uslubini o'zgartirmaydi. Bundan tashqari biz o'zbekistonlik yosh futbolchilarga etibor qaratishga urinyapmiz, ko'ramiz bundan nima kelib chiqar ekan.

- So'nggi yillarda Eron klublari "Paxtakor"ni hatto Eronda ham mag'lub eta olmayapti.

- Bu futbol va unda keyingi safar kim g'olib bo'lishini bilmaymiz. Sizning klublar OCHLda muntazam ishtirok etishadi, ushbu musobaqa finallariga ham chiqishgan. Eron terma jamoasi Osiyo Kubogida doimiy ishtirok etadi va oxirgi yillarda Jahon chempionati final bosqichlariga muntazam chiqmoqda. So'nggi ikkita mundialda yaxshi o'yin namoyish etdinglar, ammo mamlakatingizda ko'plab muammolar bor. Eronda kurash borligiga qaramay futbol birinchi raqamli sport turi. Men gruziyalikman va Gruziya hamda Eron kurashda doim jiddiy raqobatchi ekanini bilaman. Ammo futbol juda ham ommabop va o'yinlarga 100 minglab odam keladi. Ko'p muammolar bor, biroq vaqt o'tishi bilan barchasi yaxshi bo'lishi kerak.



- Eron klublari orasida eng kuchlisi qaysi deb hisoblaysiz?

- Men Eronning ko'plab klublari o'yinini ko'rganman. Balki boshqa jamoa muxlislari menining fikrimga qo'shilishmas, ammo menimcha "Persepolis" eng kuchlisi.

- Siz murabbiylikni Niderlandiyada boshlagansiz. "Paxtakor" ham golland uslubini singdirasizmi?

- Biz Niderlandiya, Ispaniya yoki Germaniya o'yin uslubini ko'chirmasligimiz kerak. Biz futbol instikti bo'yicha davom etishimiz darkor. Jamoaviy o'yin, tartib, tezkor pas, ortga qaytishdan ko'ra oldinga ko'proq harakat qilish va gollar urish.

- Sizda koronavirus infekciyasi aniqlandi. Hozir holatingiz qanday? Keyingi o'yinda zaxira o'rindig'ida bo'lasizmi?

- Yo'q afsuski men zaxira o'rindig'ida bo'la olmayman. Kasallik hamon mavjud, menda biroz holsizlik va bosh og'rig'i bor. Ammo umuman olganda xudoga shukurki vaziyat bir maromda. Har kuni tuzalishimni va oilam hamda jamoaga qaytishni so'rab duo qilayapman. Umid qilamanki barchasi yaxshi bo'ladi.

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика