"Istiqlol" stadioni Osiyo Kubogiga tayyor
01 mar 2023 08:30
Yangiliklar
"Istiqlol" stadioni Osiyo Kubogiga tayyor
Guruh o'yinlari Toshkentdagi 3 ta stadion ("Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Jar")dan tashqari Farg'onadagi "Istiqlol"da ham bo'lib o'tadi. Vodiyda "B" guruhi bahslari o'tkaziladi. Ushbu guruhdan Eron, Avstraliya, Qatar hamda Vetnam U-20 terma jamoalari joy olishgan. Kuchli guruh deb bemalol ayta olamiz. SHuningdek, vodiy ahli O'zbekiston U-20 terma jamoasining o'yinidan ham zavq olishlari mumkin bo'ladi. Yani, 7 mart kuni Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz o'z guruhidagi 3-turni Indoneziyaga qarshi aynan "Istiqlol"da o'tkazadi.
"Istiqlol" stadionida o'tkaziladigan o'yinlar:
01.03.2023
"B" guruhi, 1-tur
15:00. Avstraliya - Vetnam
19:00. Qatar - Eron
04.03.2023
"B" guruhi, 2-tur
15:00. Eron - Avstraliya
19:00. Vetnam - Qatar
07.03.2023
"B" guruhi, 3-tur
15:00. Vetnam - Eron
"A" guruhi, 3-tur
19:00. O'zbekiston - Indoneziya
"Istiqlol" stadioni uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor holatga keltirib qo'yilgan, maydon chimi ham ajoyib holatda. Quyida suratlarni etiboringizga havola etamiz.









Stadionga o'zingiz baho berishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar