So’nggi yangiliklar

17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  0 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  0 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  0 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  1 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  4 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  8 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  1 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  14

Rasman: “Istiqlol” futbol klubi Pro liga qatnashchilari safidan chiqarildi Yangiliklar

Rasman: “Istiqlol” futbol klubi Pro liga qatnashchilari safidan chiqarildi

Teglar :  pro liga
Farg'onaning “Istiqlol” klubi uy uchrashuvlarini o'tkazish uchun stadioni yo'qligi va klub bosh homiysi COVID-19 pandemiyasi davrida moliyaviy qiyinchilikka uchragani sababli Pro ligadagi ishtirokini to'xtatishi masalasida O'zPFLga murojaat qilgandi.

Ushbu masala yuzasidan tashkilot Ijroiya qo'mitasiga malumotnoma kiritildi. Unda “Istiqlol” futbol klubini O'zPFLga qatnashchilar safidan chiqish yuzasidan yozgan murojaati ko'rib chiqilgan. Jamoaning xususiy sektor tomonidan moliyalashtirilishini inobatga olinib, O'zPFL “Istiqlol” futbol klubiga 2021 yilgi mavsumda Birinchi liga musobaqalarida qatnashish istagini bildirgan taqdirda joriy yil 1 noyabr kuniga qadar O'zPFLga murojaat qilishi, futbol klubi belgilangan muddatdan keyin murojaat qilganda Birinchi liga qatnashchilari safiga qabul qilinmasligi bildirildi. Keyinroq klub hududiy futbol associaciyalari tomonidan o'tkaziladigan Ikkinchi liga musobaqasida ishtirok etishi mumkin bo'ladi.

“Istiqlol” futbol klubi Pro ligadagi ishtirokini to'xtatishi munosabati bilan, mazkur klub hamda uning futbolchilari o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, klub futbolchilarining boshqa klublar safida ro'yxatdan o'tkazilishiga ruxsat beriladi.

SHuningdek, Musobaqalar o'tkazish reglamentining 8.8-bandi Pro liga turnir jadvaliga nisbatan qo'llaniladi. Yani, “Istiqlol” klubi mavsumiy uchrashuvlarning teng yarmida maydonga tushmaganligi (7 o'yin) inobatga olinib, uning shu mavsumda o'tkazgan barcha uchrashuvlari natijasi bekor qilinadi. Biroq o'sha uchrashuvlarda olingan sariq va qizil kartochkalar o'z kuchini saqlab qoladi.


Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика