Istanbuldagi o'yin "Real"ni keyingi bosqichga olib chiqdi
27 noy 2019 01:35
Yangiliklar
Istanbuldagi o'yin "Real"ni keyingi bosqichga olib chiqdi
Madridning "Real" klubi ECHL joriy mavsumini ancha sust boshlagandi.
"Qirollik klubi" ayni daqiqalarda o'z uyida PSJni (1:0) qabul qilmoqda. A guruhi doirasida 5-turning dastlabki bahsi biroz avval yakunlangandi. "Galatasaroy" "Bryugge" bilan durangga imzo chekkach, mazkur guruhda keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqqan ikki klub nomi uzil-kesil oydinlashdi.CHunki 5 turdan keyin Belgiyaning "Bryugge" klubida uchta, turklar hisobida ikkita ochko jamg'arildi. PSJ 12 ochko bilan guruhda karvonboshilik qilmoqda. "Qaymoqranglilar" hisobidagi ochkolar soni - 7. SHunday ekan, "Galatasaroy" va "Bryugge" klublari yakuniy turda "Real"dan o'zib ketish imkoniyatini qo'ldan chiqarishdi. Madridning "Real" klubi esa o'z tarixida 24-marotaba ECHL pley-off bosqichiga yo'l oldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar