Ispaniya to'pga egalik qilish bo'yicha Jahon chempionati rekordini o'rnatdi
24 noy 2022 15:57
Yangiliklar
Ispaniya to'pga egalik qilish bo'yicha Jahon chempionati rekordini o'rnatdi
Ispaniya terma jamoasi JCH o'yinlarida to'pga egalik qilish bo'yicha rekord qayd etdi.
Ispaniyaliklar JCH-2022 guruh bosqichining Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi o'yinida 7:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ular bahsning 81,7% qismida to'pga egalik qilishdi va Argentinaning JCH-2010da o'rnatgan rekordini yangiladilar. O'shanda argentinaliklarning Greciyaga qarshi o'yinda to'pga egalik qilish darajasi 80,3% ni tashkil qilgan.
2022 yilgi Jahon chempionati Qatarda bo'lib o'tmoqda va u 18 dekabrda yakunlanadi. Ispaniya "E" guruhida Kosta-Rika, Germaniya va Yaponiya bilan bahslashmoqda. Ispaniyaliklarning navbatdagi o'yini 27 noyabr kuni germaniyaliklarga qarshi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar