So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Ispaniya Kubogi finali bo'lishi rejalashtirilgan "La Kartuxa" hakida qiziqarli faktlar Yangiliklar

Ispaniya Kubogi finali bo'lishi rejalashtirilgan "La Kartuxa" hakida qiziqarli faktlar

Stadion hali to'liq tayyor emas ammo rahbariyat barchasini to'g'rilashga va tayyorlashga vada bermoqda.

Ispaniya futbol Federaciyasidagilar har yili mamlakat kubogi finali uchun stadion tanlashdan charchashdi — va keyingi 4 yil uchun reja tuzib chiqishdi: barcha finallar Sevilyadagi "La Kartuxa" (avvalgi Olimpiya) stadionida bo'lib o'tadi. Arena bu yo'lda "Vanda Metropolitano" bilan kurashda g'olib bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Vanda Metropolitano" Madridning "Atletiko" jamoasi uy stadioni hisoblanadi.

• Sig'imi 57 ming bo'lgan Olimpiya stadioni (boshqa malumotlar bo'yicha 60 ming) engil atletika bo'yicha Jahon CHempionati uchun qurilgan. O'sha musobaqa 1999 yil Sevilyada bo'lib o'tgan. Arenaning asosiy kamchiligi — yugurish yo'lakchalari. Oradan 20 yil o'tgan bo'lsa-da, ularni olib tashlashmadi. Ammo boshqa tomondan bunga extiyoj ham bo'lmagan. "La Kartuxa"da "Betis" ham, "Sevilya" ham uy o'yinlarini o'tkazmaydi.

Ispan radiostanciyasi COPE malumotiga ko'ra, yugurish yo'lakchalarini final uchun olib tashlashadi, lekin bu mavsum emas — birinchi final 18 aprel kuni bo'lib o'tadi.

• Ushbu arena ko'proq koncertlar uchun xizmat qilgan: bu erda Madonna, U2, AC/DC koncert bergan. SHu bilan birga, stadionda futbol uchrashuvlari ham o'tkazilgan. Jonlanish yangi asrning dastlabki yillariga to'g'ri keldi: Ispaniya termasining uchta o'rtoqlik o'yini, ikki bor Ispaniya Kubogi finali, 2003 yilda UEFA Kubogi finali ("Portu" 3:2 "Seltik").

Bu erda oxirgi marta 2012 yil futbol o'ynashgan: Ispaniya Evro oldidan Xitoy termasini mag'lub etgan — 1:0.

• 2018 yil yozida arena yopildi. Stadion tomi tamirtalab holatda edi, sug'urta kompaniyasi xarajatlarni qoplashdan bosh tortdi, rasmiy shaxslar esa bo'sh yotgan stadionga pul sarflashni istashmadi.

Endi bunga sabab ham, mablag' ham bor: Andalusiya talim va sport vaziri Xaver Imbrodaning aytishicha, har bir finaldan region o'rtacha 43 mln evrodan ishlab topadi. Stadionni tamirlash va yugurish yo'laklarini olib tashlash 15 mln evroga tushadi.

• "La Kartuxa" stadioni asoschilaridan biri Antonio Krus uch yil avval arenani ajoyib futbol stadioniga aylantirish mumkinligini haqida aytgandi: "Biz stadion loyihasini ishlab chiqayotganda keyinchalik uni futbol arenasiga aylantirish imkoniyatlarini saqlab qolishga alohida etibor berganmiz. Asosiy muammo — bu erda hech qaysi klub o'ynamaydi. Stadion mamuriyati "Sevilya" yoki "Betis"ni uy o'yinlarini shu erda o'tkazishga ko'ndirishi zarur. Bu erda barchasi ajoyib — juda chiroyli joylar".

Kim biladi deysiz, balki yaqin oylarda chindan ham biror jamoa bu stadionga ko'chib o'tar. "Betis" o'z stadionida katta hajmdagi rekonstrukciya ishlarini amalga oshirishni ko'zlagan. Loyihaga binoan tribunalar navbati bilan tamirlanadi — shu yo'l bilan klub o'ziga boshqa stadion qidirish muammosiga duch kelmaydi, lekin bunday holatda ish anchaga cho'ziladi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика