Ispaniya klublari va terma jamoasi 2002 yildan beri yirik turnirlar finalida mag'lub bo'lishmadi
16 iyu 22:44
Yangiliklar
Ispaniya klublari va terma jamoasi 2002 yildan beri yirik turnirlar finalida mag'lub bo'lishmadi
2002 yildan buyon Ispaniya klublari va terma jamoalari yirik turnirlar (UEFA CHempionlar Ligasi, UEFA Evropa Ligasi, jahon va Evropa chempionatlari) finalida boshqa mamlakat jamoalarga qarshi barcha o'yinlarda (23) g'alaba qozonishgan.
Ispaniya terma jamoasi va klublarining g'alabali seriyasi 2002 yil “Real”ning CHempionlar ligasi finalida Germaniyaning “Bayer” jamoasi ustidan qozonilgan g'alabasidan (2:1) so'ng boshlangan.
Ispaniya vakillarining so'nggi mag'lubiyati 2001 yilgi CHempionlar ligasi finalidan o'rin olgan "Valensiya" — "Bavariya" (Germaniya) uchrashuvida qayd etilgan. Italiyaning Milan shahrida o'tkazilgan uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqti 1:1 hisobida yakunlangan. Penaltilar seriyasida esa Myunxen klubi aniqroq harakat qilgan - 5:4.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi Germaniyada bo'lib o'tgan EVRO-2024 finalida Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Fikrlar