So’nggi yangiliklar

14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  0 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  0 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  2 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  6 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  34 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  18 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  5 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1

Ismoilovning raqami bir shisha vino evaziga berilgan... Yangiliklar

Ismoilovning raqami bir shisha vino evaziga berilgan...

Teglar :  Anzur Ismoilov
Anzur Ismoilov va "MatchTV" o'rtasidagi intervyu mana ikki kundirki o'z shov-shuvligini yo'qotmayapti.

MTJ himoyachisini kecha bergan raddiyasidan so'ng, uning telefon raqamini "MatchTV"ga topib berishda faollik ko'rsatgan "Sports.ru" sayti blogeri Evdokim Raimov bu haqda yangi blog yozib chiqdi. Etiboringizga, u tomonidan yozilgan blogning ayrim qismlarini taqdim etamiz.

"Qiziq vaziyat, bu erda jurnalist xato qilgan yoki futbolchi o'z intervyusini tan olgisi yo'q. Sizlarga kichik hikoyamni aytib beraman".

"Mening "VKontakte" sahifamga Konstantin Belyukovdan (SS jurnalisti) xat kelib tushdi. U Anzur bilan bog'lanmoqchi bo'lganiligini aytib, uning telefon raqamini topib berishimni so'ragan edi. Bu zo'r-ku, uning raqamini izlashga tushdim. Bu borada o'zbek futbolida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga murojaat qildim. 29 fevral kuni menga Anzurning raqamini berishdi. Buning uchun O'zbekiston futbol federaciyasining xodimiga rahmat! Men raqam uchun unga bir shisha quruq oqdan (vino) va yana bir narsa vada qildim. SHu tariqa raqamni Konstantin Belyukovga berdim va bizning o'rtamizdagi yozishma yakuniga etdi", - deb yozadi Evdokim.


Sports.ru saytidan ko'chirma

Hikoyasida davom etar ekan, bloger shunday yozadi:
- Intervyudan keyin "Faysbuk"dagi sahifamga ikkita yoqimsiz xat kelib tushdi. Biri Ismoilovnin raqamini bergan O'FF xodimidan, ikkinchisini faqatgina ish jiddiylashsagina aytaman. Xullas men mazkur intervyu uchun aybdor bo'lib qoldim.
So'ng Aleksandr Muyjnekni (1993 yilda tavvallud topgan jurnalist. Aynan u Anzur Ismoilov bilan "suhbat" qurgan) "Faysbuk"dagi sahifasida unga xat yozib yubordim. U faqat meni o'z do'stlari safiga qo'shish bilan chegaralandi.

SHundan so'ng Evdokim o'z sahifasiga "post" qolirgan:

"Strana doljna znat svoix geroev. Avtor nesushhestvuyushhego intervyu s Anzurom Ismailovym -Aleksandr Muyjnek. CHelovek iz Sovetskogo Sporta i sayta Match TV".

Tarjimasi: - Mamlakat o'z qahramonini bilishi kerak. Anzur Ismoilov bilan to'qilgan  intervyuning muallifi - Aleksandr Muyjnek.  "SS" va "MatchTV xodimi.

U o'z xatiga javob ololmagach, mazkur postni yozgan va u erga "MatchTV"ning boshqa bir xodimi javob yozgan.

- Futbolchingiz g'alati bola ekan, siz unga ishonyapsizmi, Biz hammasini o'ylab topganimizga?

Unga javoban Evdokim Raimov muallifga xat yozgani ammo undan javob olmaganini aytgan.

Qissadan hissa shu-ki, O'FFning matbuot xizmati va futbolchining ruxsatisiz qaysidir O'FF xodimi Anzur Ismoilovning telefon raqamini, qandaydir sovg'a evaziga o'zi tanimagan kishiga berishga haqqi yo'q!

Evdokim Raimovga kelsak, u shunchaki terma jamoasi futbolchisini nufuzli saytlardan birida intervyusini chiqishini istagan, ammo voqealar rivojini bunday bo'lishini kutmagan.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика