So’nggi yangiliklar

00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 00:00Ла Лига. "Реал Сосьедад" ўз уйида "Атлетико"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:45А Серия. "Фиорентина" ва "Милан" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:45Лига 1. ПСЖ "Ницца" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

Ismi jismiga mos bo'lsin-da! Yangiliklar

Ismi jismiga mos bo'lsin-da!

Ko'pchilik yangi mavsumni katta qiziqish bilan kutmoqda.

Yangi reglament, yangicha format va yangi nom ostida o'tadigan chempionat amalda qanday bo'ladi?

Ishga yondoshuv, tashkiliy tomondan etibor yaxshi tarafga o'zgargani haqiqat. Bu taraflama tashkilot rostan ham o'sishga erishdi. PFL avval etibordan chetda qoldirgan tashkiliy masalalarga yangi rahbariyat etiborli bo'lmoqda.

Tez orada Superligada titul homiy paydo bo'lishi elon qilindi. Demak, katta ehtimol bilan Superliga nomiga mos ravishda bo'ladi va sovrindor jamoalar munosib tarzda taqdirlanishadi. Yani, chempion bo'ladigan jamoaga ko'shimcha motivaciya paydo bo'lish ehtimoli mavjud.

Futbolda har bir kichik detal muhim. Nemislar aytganidek, etibordan chetda qolishi mumkin bo'lgan kichik detallar katta g'alabalarga yoki aksincha, mag'lubiyatlarga sababchi bo'lishi mumkin. Bu futbolning tashqarisidagi bo'layotgan ishlar. Ichidagi ishlar esa butkul jamoalarga bog'liq. Superliga qanchalik qiziq o'tishi nafaqat tashkiliy ishlarga, balki jamoalar ko'rsatadigan o'yin va ularni o'z oldiga qo'yadigan maqsadiga ham bog'liq. Biz avvallari oqsagan jihatlarni, muammolarni belgilab oldik va bularni yangi mavsum oldidan tuzatish payidamiz.

PFL vada qilayotgan TV translyaciyalar, reklama, anonslar, muxlislar talabidan kelib chiqib yaratilishi kutilayotgan sharoitlar va hokazo. Bu ishlar albatta ishqibozlar, umuman futbol uchun hozirgi zamonda muhim omil. Lekin Superligada haqiqiy super matchlar bo'lishi jamoalar namoyish etadigan futbolga bog'liq.

SHuni alohida qayd etish kerakki, "Mashal" bu Superliga uchun yo'qotish. "Gazchilar"da istalgan jamoaga bosh og'riq taqdim etish salohiyati mavjud edi. Afsuski "Mashal"ni o'rnini band etgan "So'g'diyona" borasida bu fikrni ilgari surishga hech qanday asos yo'q. Kamiga hech bir jamoada o'z o'rnini topolmayotgan Aleksandr Mochinov bilan Superligada ishtirok etish, bu ligada jon saqlab qolishga "signal"dan darakka o'xshaydi. Har holda "So'g'diyona" hozircha Superligada qolgan jamoalarga "em" bo'lishga asosiy nomzodlardan biridek taassurot qoldirmoqda.

Aslida Pro-ligaga tushib ketgan va yakunda Superliga chiptasini "yutib" olgan "Neftchi" borasida ham iliq fikrlarni aytish mushkul. Sababi, "Neftchi" mana necha yildirki hali o'ziga kelgani yo'q. O'tgan yili Abramov kelib ham jamoani o'nglay olmagan bir paytda, orada bir parchalangan va tarkibi yana o'zgarib ketgan "Neftchi"ni qayta oyoqqa turg'azish Sergey Kovshovni qo'lidan kelishiga ishonish juda qiyin. CHunki Kovshov o'zining murabbiylik faoliyati davomida har doim autsayder maqomidagi jamoalarda ishlagan va kamida "navbatchi" murabbiylar sirasiga kiradi.

"So'g'diyona" va "Neftchi" yakunda Superligada o'ynaydigan bo'ldi. Lekin ular tanlagan murabbiylarning salohiyati yangicha ko'rinishdagi Superligaga qanchalik mos tushadi? Bu katta savol.

CHempionlik uchun kurash esa qiziydiganga o'xshaydi. Ko'pchilik yangi mavsumda "Paxtakor" chempionlik uchun katta qadam tashlab qo'yganini takrorlashdan charchamagandi. Lekin amaldagi chempion "Loko" amalga oshirgan transferlar shuni ko'rsatdiki, ayni paytda futbolchilarning statusi va sifatli transferlar ketma-ketligi Superligada chempion jamoa o'zgarishi uchun "temiryo'lchilar"ning raqobatchilari anchagina ter to'kishlariga to'g'ri keladi. "Loko"ning eng katta yutug'i bu jamoa o'zagi saqlab qolindi va bo'sh chiziqlar raqobati yanada kuchaytirildi. "Loko" yanada raqobatdosh jamoaga aylandi.

"Paxtakor" haqida gap ketganda shuni aytish mumkinki, jamoada tarkib borasida juda keng tanlov mavjud. Faqatgina jamoaga taklif etilgan legionerlarning darajasi "Paxtakor" saviyasiga mos tushmayotgani muhim bahslarda yaqqol ko'rinib qoldi. SHuningdek, o'tgan mavsumdagi "yil o'yini"da "Nasaf"dan uchralgan yirik mag'lubiyat va joriy yining eng muhim to'qnashuvida qabul qilib olingan mag'lubiyat Arveladzening salohiyati borasidagi yig'ilib qolgan savollarni yana kun tartibiga chiqardi.
Mahalliy futbolchilarni chertib olayotgan "Paxtakor" legioner tanlashda qiynalmoqda. Jamoaga taklif etilgan portugaliyalik hujumchi Gonsalvesh haqida fikr bildirishga esa hozircha erta.

Nima bo'lgan taqdirda ham tarkib etibori bilan "Paxtakor" "Lokomotiv"ga jiddiy chaqiruv tashlaydi.

Moliyaviy tarafdan imkoniyatlari chegaralanib qolgan "kuchli to'rttalik"dagi "Bunyodkor" hamda "Nasaf" Superligada chempionlik uchun chinakamiga kurashishiga ishonish qiyin. Yana bir muammo, bu jamoalarning zaxirasi juda tor. Bu ham Qosimov yoki Berdievga qo'shimcha muammolarni taqdim etadi. Ular asosiy etiborni akademiya tarbiyalanuvchilariga qaratgan holda baribir maksimal natija qayd etish uchun kurashishadi. Bu paytda murabbiy faktori asosiy o'ringa chiqadi. Qosimov va Berdiev aynan qiyin sharoitda ishlab "pishgan" mutaxassislar sanalishadi. SHu boisdan ham ularni to'liq hisobdan chiqarishga hali erta.

Superligaga o'zgacha fayz va intriga qo'shishga potencial jihatdan "Qo'qon-1912", "Buxoro" va "Navbahor" jamoalaridan umid katta. No'mon Hasanov, Ilhom Mo'minjonov hamda Ulug'bek Baqoev o'tgan yilgi natijalari hamda ishlari bilan ularda murabbiylik salohiyati mavjudligini amalda ko'rsatishdi.

SHuningdek, AGMK jamoasida ham maqsad yanada jiddiylashgan. "Metallurg" esa tubdan yangilandi. Bekobodliklar yangicha ko'rinishdagi chempionatda qanday statusga davogarlik qilishlarini esa vaqt ko'rsatadi. Ko'pchilik "Metallurg" nihoyat yangi ananalarga ega klubga aylanishini kutmoqda.

Navoiyning "Qizilqum" jamoasida ham o'zgarishlar yo'q emas. Bu jamoa tarkib etibori bilan istalgan jamoaga muammo tug'dirishga qodir aslida. Superligada tajriba va yoshlik shijoatini birlashtirishga harakat qilmoqchi bo'layotgan Hamid Aktamovni yangi mavsumda qaytadan kashf etamizmi? Bu savol ko'pchilik navoiylik ishqibozlarni qiziqtirayotganiga shubha yo'q.

Superligada kim chempion bo'lishi yoki kimlar qolgan oltitalikda bo'lishi muhim emas. Asl maqsad va niyat o'yinlar saviyasini oshirish. Har bir o'yinda jamoalar ochko uchun kurashishni boshlashsagina ko'zlangan maqsadga erishamiz. Yangi Superligada futbolimizdagi eski "o'yin"larni boshlamasak bo'lgani. O'shandagina har bir turda muxlislar orziqib va intiqib kutgan o'yinlar o'z-o'zidan ko'payib boraveradi.

Superliga hali boshlanmadi, lekin shaxsan men hozirdanoq 2-turni boshqacha intizorlik bilan kutyapman. Yoki 8-9-10-11 turdagi "kuchli to'rttalik"dagi o'zaro qarama-qarshiliklar ketma-ketligi muxlislarimizni stadionlarimizga "mixlab" qo'yishiga ishongim keladi.

Muhimi, Superligamizning ismi jismiga mos bo'lsin-da!

Muallif :
Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика