So’nggi yangiliklar

08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  4 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  8 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  1 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8

Islombek Ismoilov: "Bugun 14 kishiga qarshi o'ynab ikki ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Bugun 14 kishiga qarshi o'ynab ikki ochko yo'qotdik"

PRO-Liga 11-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Turon" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Islombek aka, bugungi o'yin haqida fikrlaringiz qanday?
- Bugungi o'yin haqida nima deyish mumkin? 14 kishiga qarshi o'ynab, ikki ochko yo'qotdik. Qachongacha bunday xolatga chidash mumkin, to'g'risi hayronman.

-Statistikaga qaraydigan bo'lsak, bugun "Turon"dan ko'ra "Istiqlol" futbolchilari hakam tomonidan kartochkalar bilan ogohlantirilishdi...

- Lekin, hakamlar ko'proq bizning jamoani hujumlarini to'xtatib qo'yishdi. Raqib tomonidan ishlatilgan mayda qoidabuzarliklarga etiborlarini qaratishmadi. Uchrashuv hakami o'yinning boshidagi 30-daqiqagacha 9 marta, 11 marta raqiblarning qo'polliklarini jazolamadi. Bugungi o'yinda "Istiqlol"ning kamida ikki futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatishi kerak edi.

Bu kabi "derbi" uchrashuvlariga hakamlar qo'mitasi tajribaliroq bo'lgan hakamlarni jalb etishi kerakdir balki. Umuman aytganda, hakam bugun o'yin nazoratini izdan chiqarib yubordi. Uchrashuv oxirida yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarga ham aynan hakam sababchi bo'ldi.

- Vaziyatga to'g'ri qaraydigan bo'lsak, bugun "Turon" safar uchrashuvida ochko olishga erishdi. Balki bu jamoa futbolchilariga qandaydir motivaciya berar? Bundan tashqari keyingi turda musobaqa jadvalining eng so'ngi pog'onasini egallab turgan "Zomin" bilan uyda o'ynaysizlar...

- Bilmadim, bunday o'yinlar bizga motivaciya beradi deb ayta olmayman. "Zomin" bilan o'yin haqida aytadigan bo'lsam, to'g'ri uyda o'ynaymiz. Albatta, bu uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz" - deydi "Turon" bosh murabbiyi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика