So’nggi yangiliklar

16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  18 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0 09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  4

Islom To'xtaxo'jaev: "Antonio Sorioglu o'z ishining ustasi. Uning qaytganidan xursandmiz" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Antonio Sorioglu o'z ishining ustasi. Uning qaytganidan xursandmiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirmoqda.

Xabarigiz bor, yig'in avvalida Vadim Abramovning murabbiylar shtabi tarkibida o'zgarish yuz berdi. O'zbek futboli ixlosmandlariga tanish bo'lgan Antonio Sarioglou endilikda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida milliy jamoamizda faoliyat olib boradi. Biz shu va boshqa mavzularda terma jamoamizning mahoratli himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik.

"Yig'in ko'tarinki kayfiyatda o'tmoqda. Ha, BAAdagi mashg'ulotlarda asosan mahalliy futbolchilar ishtirok etyapti. Menimcha rasmiy o'yinlarda kim o'ynashini yoki o'ynamasligini murabbiy hal qiladi. Qolaversa o'sha paytga kelib legionerlar etib kela oladimi yoki yo'qmi Yaratganga ayon. Hozirgi sharoitda qancha ko'p yig'in o'tkazilsa terma jamoa uchun shuncha foydali bo'ladi. 

Murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi. Hammasi yaxshilikka bo'lsin, deb qolamiz. Antonio o'z ishining ustasi. Uning qaytganidan xursandmiz. Jismoniy holatni qandayligi birinchi navbatda futbolchining o'ziga bog'liq. Bugungi zamonaviy futbolda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar eng kerakli mutaxassislar hisoblanadi. 

O'rtoqlik uchrashuvlari, ayniqa "Zenit"ga o'xshagan Evropa darajasidagi raqiblar bilan o'yinlar har doim foydalidir", - dedi To'xtaxo'jaev.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика