So’nggi yangiliklar

19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  1 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  9 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 18:00Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз уйида Словенияни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Аргентинага қарши иккинчи ўйинни ўтказмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  4 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  1 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  3

Islandiya deyarli Jahon chempionatida. Ertak davom etmoqda Yangiliklar

Islandiya deyarli Jahon chempionatida. Ertak davom etmoqda

Teglar :  JCH-2018Islandiya
Mo'jiza takrorlanmoqda.

Islandiya terma jamoasi Franciyada o'tgan Evroning tasodif emasligini isbotlamoqda.

Lars Lagerbekning 4-4-2 taktikasi ostida o'ynayotgan islandlarning asosiy quroli ikki bo'ydor hujumchilari bo'lmoqda. Bodvarsson va Finnbogasonlarning bo'y borasidagi ustunliklari xattoki, termaning autlarida ham qo'l kelmoqda. Islandiya huddi Britaniyaga qarshi qadimda bo'lgan urush singari agressiv harakatlanishmoqda.

Islandiyada haqiqiy istedodlarga keng imkoniyatlar berilmoqda. Yorqin misol: Yon Dad Bodvarssonning oilasi uning futbol borasidagi talimi uchun etarli mablag' ajrata olmagan edi. SHunga qaramay, murabbiylar bu istedodni payqashdi va uning mablag'i yo'qligiga ko'z yumishdi. Bunga javoban, futbolchi termaning uchrashuvlarida muhim paslarni bermoqda va raqib futbolchilarini osonlikcha aldab o'tmoqda. O'ng qanot himoyachisi Xyordur Magnussonning Turkiyaga qarshi uchrashuvda uzoqdan etkazib berilgan to'pga tezlikda etib kelgan holda, Kan Ayxan bilan kurashda ustun kelib, uzatib bergan to'pi birinchi golga zamin hozirladi. SHunday qilib Islandiya,Turkiyaning qaynoq va muxlislarga to'la stadionida g'alaba qozonib, futbolda ham milliy mentalitetning roli katta bo'lishini isbotladi. Islandlar huddi sovuq muz kabi bo'lib, turklarni qattiq asabiylashishga majbur qilishdi. Hatto, "Frayburg" himoyachisi CHaglar Syoyundjyu ham uchrashuvda keragidan ko'p asabiylashdi va to'p ortidan quvib yurdi. Arda Turan esa muxlislarning etirozli xushtaklari ostida sardorlik bog'ichida maydonga tushdi va ko'p o'tmay bu bog'ichni faxriy Emre Belozogluga echib berdi. Diskvalifikaciyaga uchragan Mircha Luchesku esa uchrashuvni tribunada kuzatib borib, matbuot anjumanida qanday bahonalarni aytishni o'ylagan bo'lsa, ajab emas. Islandiyani bir oyoq bilan Jahon chempionatida deyish mumkin. Sababi vikinglar keyingi turni o'z maydonlarida Evropaning autsayder termalaridan sanalgan Kosovaga qarshi o'tkazadi. Demak, Rekyavikda ular bayram qilishlari mumkin.



Belorusda o'ynaydigan fin-afrikalik futbolchi Xorvatiyani qiyin ahvolga tushirib qo'ydi

Finlyandiya terma jamoasining Xorvatiyaga qarshi uchrashuvida Pyuryu Soyri debyut uchrashuvini o'tkazdi. Belorusning "SHaxtyor" jamoasi azosi hisoblangan futbolchining otasi namibiyalik, onasi esa finlyandiyalik. Ular Finlyandiyaning Tanzaniyadagi elchixonasida ishlashgan. Soyrining yoshligi "qora qita"da kechdi. 16 yoshgacha Soyri futbol bilan shug'ullanmagan edi, lekin Fin ligasi uchun buning unchalik farqi yo'q edi. "SHaxtyor" futbolchisi bu mavsumda Belorus chempionatida bor-yo'g'i uchta to'p kiritdi. SHunday bo'lsada, bu holat uning xorvatlarga qarshi debyuti uchun halal bermadi. U buning uchun barchaga o'z munosabatini bildirdi. Ushbu uchrashuvda xorvatlar Mario Manjukichning goli evaziga oldinda borishayotgan edi. Lekin, 90 daqiqada qahramonimiz kiritgan gol "shaxmatlar"ning ishini biroz og'irlashtirdi. Endilikda, Modrich, Rakitich, Manjukichlar uchun so'nggi turdagi Ukrainaga qarshi uchrashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Har ikkala terma hisobida 17tadan ochko bor. Xorvatlarni bu uchrashuvda durang ham qoniqtiradi, lekin tarixdan malumki, xorvatlar hech qachon durang uchun o'ynashmagan.



Avstriyalik serb Serbiyaning bayramiga to'sqinlik qildi

Serbiya terma jamoasi Venada g'alaba qozonib, Jahon chempionati yo'llanmasini muddatidan oldin hal qilishi mumkin edi. SHu kuni "Ernst-Xappel Stadion"ga 14 ming serbiyalik ishqiboz tashrif buyurib, uchrashuvni darvoza ortida kuzatib bordi.

Taqdirni qarangki, shu kuni serblarning bayramiga asli serbiyalik bo'lgan Marko Arnautovich to'sqinlik qildi. U, avvalroq Serbiya uchun o'ynashni istashini aytgan edi. Lekin, taqdir taqazosi bilan ular darvozasiga to'p kiritdi. SHunday qilib, serblar uchun bayram keyinga qoldi. Ular navbatdagi uchrashuvni autsayder Gruziyaga qarshi o'tkazishadi.



Ispaniya Jahon chempionatida

Xulen Lopetegi termadagi avlodlar almashinuvini osonlik bilan engib o'tdi, yangi futbolchilarga navbati bilan imkon berdi. U albanlarga qarshi rang-barang 4-4-2 sxemasida futbolchilarni maydonga tushirdi. "Valensiya" hujumchisi Rodrigo bu uchrashuvda o'z hisobiga bitta golni yozib qo'ydi, lekin unda bu uchrashuvda juda ko'p imkoniyat bo'ldi va hattoki xet-trik muallifiga ham aylanishi mumkin edi. Xa, ispanlar Jahon chempionatida. Biroq, matbuotda Jerar Pikening muhokamasi davom etmoqda. Qo'shimchasiga muxlislar ham butun uchrashuv davomida unga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.



Italiya kichik fojea bilan vazifani bajardi

Italiya terma jamoasi o'z maydonida kutilmaganda Makedoniya bilan durang o'ynadi. Bosh murabbiy Jampero Ventura uchrashuvdan avval keyingi ikki uchrashuvda ularni bir ochko ham qoniqtirishini aytgan edi. Ventura taktik eksperiment qilishda davom etmoqda. Uning 3-4-3 taktik sxemasida "insayd" vazifasina "Bolonya" futbolchisi Daniele Verdi bajarmoqda.

Ispaniyaga qarshi sharmandali natijadan so'ng, italyanlar o'zlariga kela olishmayapti. Uchrashuv davomida futbolchilarda asabiylashish holati kuzatildi. Birinchi bo'limda Immobilening to'p uzatmasidan so'ng, Kellini to'pni darvozaga kiritdi. Ikkinchi bo'lim esa ular uchun kichik fojeaga aylandi. Aleksandr Traykovskiyning goli Makedoniyaga tarixiy durangni taqdim etdi. Uchrashuvdan so'ng, "skuadra adzurra" sardori Janluiji Buffon termaning ruhiy holati joyida emasligini ochiq tarzda etirof etdi.



championat.com saytidan Maqsud Yaxyoev tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика