So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Isko "Sevilya"da maoshi qanchaga pasayganini va kim sababli klubdan ketganini aytdi Yangiliklar

Isko "Sevilya"da maoshi qanchaga pasayganini va kim sababli klubdan ketganini aytdi

Teglar :  Isko "Sevilya"
Isko "Sevilya"dan ketganida anchagina xafa bo'lgani borasida gapirdi.

Isko "Real"dagi 9 yillik faoliyatidan keyin 2022 yilning yozida "Sevilya"ga o'tgandi. Biroq u klub sport direktori Monchi bilan janjallashib qolganidan keyin "Sevilya"dan ketishga majbur bo'ldi.

- "Sevilya"da baxtiyor edim. Ha, qiyin davrlarni o'tkazayotgandik. Biroq oldinga harakat qila olishimizni bilardim va yakunda shunday bo'ldi ham.

Ammo barchasi ham matbuotda yozilayotgandek kabi emas. Sevilyadagilarning fikricha, men barchani tashlab qochgandekman. Biroq men unday futbolchi emasman. "Real"da uzoq vaqt o'ynab, taslim bo'lmaslikni o'rgandim va asosiy tarkib uchun doimo kurash olib bordim. Bazida ishlar yaxshi ketardi, bazida esa yo'q. Ammo hech qachon tashlab qochmaganman.

Uyga og'ir hissiyotlar bilan qaytdim. Lopetegi qo'ng'iroq qilib, bu erda yaxshi jamoa borligini va mening xizmatlarimga qiziqish bildirayotgani sababli bu erga o'tgandim. Juda hayajonlanib ketgandim.

"Real"dagi maoshimni inobatga olsak, maoshim 4 baravar kamayishiga ham rozi bo'ldim. Klubga o'tganimdan keyin menga transferga Monchi qarshi bo'lganligini aytishdi. Biroq men o'zimga ishongan murabbiy uchun futbol o'ynashni istadim, biroq ishlar...

Tasavvur qiling, men qanday holatda uyga qaytganman. Sevilyaga 4 oy oldin uch farzandim bilan kelgandim, biroq endi kelajagim qanday bo'lishini ham bilmayman. Qiyin, ammo kuchli bo'lish va kelajakka ijobiy qarash kerak edi.

- SHunday holatdan keyin yig'lamadingizmi?

- Yo'q. O'zimdan afsuslandim. Doimo futboldan zavq olganman, sovrinlar yutganman. Sportning bu turi bilan yashaganman.

Ha, juda qattiq xafa bo'lgandim. Lekin bunga etibor bermaslikka harakat qildim. 31 yoshdaman, hali ancha vaqt futbol o'ynashim kerak va shu sababli mehnat qilyapman, - dedi Isko.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика