Isko: Rossiya bilan o'yin o'ta qiyin bo'ladi
26 iyu 2018 07:54
Yangiliklar
Isko: Rossiya bilan o'yin o'ta qiyin bo'ladi
Isko Marokash bilan o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Guruhda 1-o'rinni egallaganimizdan xursandman. O'zimiz kutgandek, his-tuyg'ular emas, biroq o'ylashimcha, har bir bellashuvdan so'ng o'z o'yinimizni kuchaytirib boramiz. Hali hech narsa yutmadik. Qiyin o'yin bo'ldi. G'alaba qozonishga harakat qildik, ammo hujumni yakunlashning iloji bo'lavermadi. Garchi ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynagan bo'lsak-da, biroz nimadir etishmadi. Rossiya bilan o'yin o'ta qiyin bo'ladi. Biz katta qo'llov-quvvatlovga ega terma jamoaga qarshi o'ynaymiz. Oxirgi o'yindagi mag'lubiyatga qaramay, ular guruh bosqichida yaxshi o'ynadi. Biz ular bilan Evropa chempionatida o'ynaganmiz, ularning nimalarga qodirligini bilamiz. Kamroq xato qilib, olg'a borishga harakat qilamiz.”,— dedi Isko.
Fikrlar