Isko Qatar yoki Turkiya klubiga o'tishi mumkin
06 fev 2023 15:55
Yangiliklar
Isko Qatar yoki Turkiya klubiga o'tishi mumkin
2022 yil oxirida "Sevilya"ni tark etgan Isko ayni paytda ishsiz. Ispaniyalik futbolchi bilan muzokaralar olib borgan Bundesliganing "Union Berlin" va "Leypcig" jamoalari shartnoma tuzishgacha etib borishmadi. "Leypcig" 30 yoshli yarimhimoyachi bilan bitim tuzish orqali klubning maosh tizimini buzishni istamadi.
SHundan keyin Iskoga Angliya Premer-ligasi vakili "Everton" qiziqish bildirdi. Biroq yakunda jamoa ustozi Iskoning jismoniy imkoniyatlari Angliya chempionatiga to'g'ri kelmasligi mumkinligi borasidagi fikridan so'ng bu kelishuv ham amalga oshmaydigan bo'ldi.
Isko hozirda Turkiyaning "Konyaspor" va Qatar Yulduzlar Ligasining nomi oshkor qilinmagan jamoalaridan biridan olgan taklifini o'ylab ko'rmoqda. Nashr futbolchining Qatarga yo'l olishga xohish bildirmayotganini malum qildi. Iskoning agenti uning Evropada qolishi uchun muzokaralarni kuchaytirishi aytilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar