So’nggi yangiliklar

22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  56 22:04"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0

Iroq bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan o'yin orqali Yaponiyaga qarshi tayyorlanmoqchimiz" Yangiliklar

Iroq bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan o'yin orqali Yaponiyaga qarshi tayyorlanmoqchimiz"

O'zbekiston - Iroq o'rtoqlik uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda dastlab Iroq bosh murabbiyi Radhi SHenaishiel va jamoa sardori Yunus Mahmud ishtirok etdi.
"Osiyo Kubogiga tayyorgarlik bosqichida O'zbekistonga qarshi o'yinlar juda katta ahmiyatga ega. Uchrashuvni o'tkazish borasida Iroq tomoni taklif bilan chiqqan. Sababi aynan O'zbekistonga bilan o'yinlar orqali Yaponiyaga qarshi jiddiy tayorgarlik olib bormoqchimiz. Falastinni autsayder deb ayta olmayman. Lekin guruhdan chiqish uchun Yaponiya, Iroq va Iordaniya kurash olib borsa kerak", - deb gap boshladi Radhi SHenaishiel.

"Musobaqadagi maqsadimiz guruhdan chiqish va imkon qadar uzoqroqqa borish. Buning uchun tarkibda hech qanday yo'qotish yo'q".

"O'zbekiston bilan o'yin haqida nima deya olaman? Ushbu jamoa 2011 yilgi qita chempionatida yarim finalga qadar etib borgan. 4 yil ichida jamoa yanada shakllangani ko'rinib turibdi. O'zbekiston Osiyo Kubogida uzoqroqqa borishiga ishonaman. Terma jamoaning yarim himoya chizig'i juda kuchli. Yarim himoyada bir qator tajribali legionerlar borligini bilamiz", - deydi Iroq bosh murabbiyi.


2007 yil Osiyo Kubogini qo'lga kiritgan Yunus Mahmud O'zbekiston bilan o'yinda natija umuman ahamiyatga ega bo'lmasligini aytib o'tdi.

Yunus Mahmud: "Osiyo Kubogi bu faoliyatimdagi so'nggi katta musobaqa bo'lishi mumkin. SHu bois qattiq mehnat qilayapman. Yoshlarga yo'l-yo'riq ko'rsatishga urinayapman. Dastlabki vazifamiz guruhdan chiqish. Keyingi bosqichda esa raqiblarga qarab imkon qadar uzoqroq bosqichga borishni istaymiz. O'zbekiston klublariga qarshi bir necha marta o'ynaganman. Ular asosan texnikaga tayangan holda, tezkor pas oshirish orqali o'ynashadi. O'rtoqlik uchrashuvida hech qanday natija qo'yilmagan. Muhim musobaqaga jarohatlarsiz va to'liq tayyor bo'lib etib borish zarur".

Eslatib o'tamiz, Iroq va O'zbekiston o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi 25 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика