So’nggi yangiliklar

08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  0 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланди  2 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  0 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  0 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   4 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   12 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  62 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  2 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  5 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  6 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  23 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  8 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5

Iroq bizga munosib raqibmi? O'zaro o'yinlarda hisob-kitob qanday? Yangiliklar

Iroq bizga munosib raqibmi? O'zaro o'yinlarda hisob-kitob qanday?

Teglar :  o'zaro o'yinlarIroq
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun BAAdagi yig'in doirasidan o'rin olgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib esa Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lgan - Iroq.

SHunday ekan ikki terma jamoaning o'zaro o'yinlar tarixi va natijalariga to'xtalib o'tamiz.

Bu yurt vakillari bilan qarshi shu vaqtga qadar to'qqiz marotaba to'qnash kelganmiz. Dastlabki o'yin 2000 yil Tailandda o'tkazilgan to'rt millat kubogi musobaqasida bo'li o'tgan va unda Iroq 2:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgan. Bu Iroqning O'zbekiston bilan o'yinlardagi dastlabki va yagona g'alabasi bo'lib qolmoqda.

SHundan so'ng ushbu terma jamoa bilan 2004 yil JCH-2006 saralash bosqichida ikki xil natija bo'lgan, Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkanmiz, Anvar Solievning yagona goli bizga bir ochko taqdim qilgan edi. Ammanda o'tgan javob uchrashuvida esa termamiz 2:1 natijasi bilan g'alabani o'z tomoniga og'dira olgan. SHu yili Xitoyda o'tkazilgan Osiyo kubogida Mirajalol Qosimovning jarima zarbasidan kiritgan to'pi kichik 1:0 hisobida g'alabani taqdim qilgan.
Oraliqdagi kichik tanaffusdan so'ng Iroq bilan 2007 yil Rauf Inileev davrida kuch sinashdik, o'rtoqlik maqomida kechgan bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishadi.

2015 yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonida milliy jamoamiz Iroq bilan ikki bor o'ynadi, natija esa 0:0, 1:0 termamiz foydasiga. 2016 yil Samvel Babayan boshqaruvida jamoamiz Toshkentda Iroqni qabul qildi, bu ham o'rtoqlik uchrashuvi doirasida. Marat Bikmaev va Eldor SHomurodovning gollariga Abubakr Bayar javob qaytardi, hisob 2:1.

Iroq bilan oxirgi to'qnashuv Ektor Kuper davriga to'g'ri keladi. Falastindan kutilmaganda mag'lubiyatga uchragan terma jamoamiz Iroq bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Tomonlar esa golsiz durangga rozi bo'lishadi. Bugungi bahs umumiy hisobda 10-to'qnashuv.



Demak O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi 9ta o'yinning 5tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan, 3ta bahsda durang qayd etilgan va bitta uchrashuvda Iroq zafar quchgan. O'zbekiston 9ta gol urgan va 5ta gol o'tkazgan.

Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar natijasi
01.09.2000 Iroq - O'zbekiston 2:0 | "To'rt millat kubogi"
18.02.2004 O'zbekiston - Iroq 1:1 | JCH-2006 saralashi
18.07.2004 Iroq - O'zbekiston 0:1 | Osiyo Kubogi-2004
13.10.2004 Iroq - O'zbekiston 1:2 | JCH-2006 saralashi
02.07.2007 Iroq - O'zbekiston 0:2 | O'rtoqlik
25.12.2014 O'zbekiston - Iroq 1:0 | O'rtoqlik
28.12.2014 O'zbekiston - Iroq 0:0 | O'rtoqlik
24.07.2016 O'zbekiston - Iroq 2:1 | O'rtoqlik
09.09.2019 O'zbekiston - Iroq 0:0 | O'rtoqlik

O'zaro uchrashuvlarda to'purar yo'q, Anvar Soliev, Mirjalol Qosimov, Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix, Aziz Ibragimov, Ulug'bek Baqoev, Jamshid Iskanderov, Marat Bikmaev, Eldor SHomurodov bittadan to'p kiritishgan.

Futbolchilarimizga bugungi o'yinda omad tilab qolamiz!

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика