So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  3 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  9 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  5 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  7 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  2 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  1 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  2 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  4 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2

Intervyu. Miloe Prekovich: "Dinamo" va Samarqandga katta futbol kerak" Yangiliklar

Intervyu. Miloe Prekovich: "Dinamo" va Samarqandga katta futbol kerak"

Joriy yilda Superligaga qaytgan "Dinamo"ning natijalari yaxshi emas.

Ayni paytda 7 ochko bilan so'nggi pog'onani egallab turgan samarqandliklar raqiblarga ochko ulashishda davom etishyapti. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov jamoaning serbiyalik darvozaboni Miloe Prekovichning fikrlarini tingladi. 


"Bunyodkor" bilan o'yindan keyin nima deyishga ham xayronman. Vaziyat turdan turga qiyinlashmoqda. Bilmayman, nechanchi o'yindirki, birinchi bo'lib hisobni ochib yakunda yutqazyapmiz. "Dinamo" uchun qiyin holat. O'tgan turda yutganimizda raqobatchilarimizga biroz yaqinlashgan bo'lardik. Oldinda 9 ta o'yin bor. Imkoniyatdan kelib chiqib oxirigacha kurashamiz", – deydi Prekovich. 

- "Dinamo"ni Superligada jon saqlash uchun kurashadi, deb o'ylaganmidingiz? Tayyorgarlik xorijda o'tgan, serbiyalik murabbiylar shtabi ish boshlagan, aftidan jamoa o'rta o'rinlar uchun harakat qilishi kutilgandi...

- Bu yil O'zbekiston chempionatida debyut qildim. Mavsum avvalida ligangiz borasida tasavvurim yo'q edi. Oxirgi o'rinda yurishimizni o'ylagandim. Ko'rinib turibdiki, chempionat darajasi yuqori. 

- Malum vaqtdan so'ng xulosalaringiz va fikrlaringiz o'zgardimi?

- Jamoalar va futbolchilarning darajasi, stadionlar, muxlislar Serbiyanikidan kam emas. Qaysidir manoda ustun tomonlari bor. Uyda ham, safarda ham ular yolg'izlatib qo'yishmaydi. O'zbekistonda 35 millionga yaqin aholi yashaydi. SHunga yarasha futbolga qiziqish katta. Iqtidorlar ko'p. Bu erda ko'p klublar ochiq va hujumkor futbol ko'rsatishadi. 

- Lekin so'nggi turlarda murosasizlik kuzatilmoqda. Duranglar ko'p bo'lyapti...

- Jamoalarning tavakkalga qo'l urgisi kelmayapti. Har bir o'yinda natija katta sahnaga chiqyapti. Etibor bering, chempionlik uchun 5 ta jamoa kurashyapti. Statistikaga qaraganimda, bunday holat yaqin yillarda bo'lmagan ekan. 

- Murabbiylar o'zgarishi futbolchilarga qanchalik qiyin bo'lyapti? Buyog'iga Vadim Abramovning uslubiga moslashish talab etiladi...

- Mavsumga Predrag Rogan qo'l ostida tayyorlangan edik. CHempionat davomida o'zining bilganlarini o'rgatishga harakat qildi. Natijalar bo'lmadi, rahbariyat shunday qaror qabul qildi. Fikrimcha, yomon o'yin ko'rsatmadik. Ketma-ket uchta o'yinda hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda yutqazdik. Men murabbiylarni yaxshi yoki yomonga ajratishni maqul ish, deb bilmayman. Roganni ham, SHipilovni ham xurmat qilaman. Bir narsani aytishni istardim, Samarqandga katta futbol kerak. Stadionda bunday muhit yaratayotgan muxlislar Superligada qolishga munosib. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика