So’nggi yangiliklar

02:57"Лацио" "Милан"ни Италия Кубогидан чиқариб юборди  2 02:52АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб қила олмади  13 01:25Тибо Куртуа: "Хаби ва футболчилар ўртасида муаммо йўқ"  0 00:48Месси: "Яна бир марта жаҳон чемпионатини ютишга ҳаракат қиламиз"  7 00:10Хумоюнмирзо Иминов “Андижон” билан келишувга эришди  1 23:54Расман: "Пахтакор"нинг яна бир футболчиси "Навбаҳор"да!  6 23:40Расман: "Бухоро" футболчиси "Нефтчи"га ўтди  2 23:28Расман: Иброҳим Йўлдошев - "Андижон" футболчиси!  3 23:11"Бавария"га "Брайтон" футболчиси керак  1 22:59"Андижон" яна икки футболчи билан шартнома имзолади  1 22:38Суперлиганинг 30-турида ҳакамлик таҳлили. Хатолар жуда кўп!  2 22:19Расман: Чаласан - "Андижон" футболчиси!  13 21:57Артета жароҳатлар сабабини айтди  0 21:25"Ливерпуль" "Лейпциг" ҳужумчисини таркибида кўрмоқчи  5 20:59Россия термаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  6

Intervyu. Islom Ismoilov: "Saralashda rejamiz ish berdi, Osiyo chempionatida g'olib bo'lishimiz uchun raqibning farqi yo'q" Yangiliklar

Intervyu. Islom Ismoilov: "Saralashda rejamiz ish berdi, Osiyo chempionatida g'olib bo'lishimiz uchun raqibning farqi yo'q"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi Xitoy Taypeyi mezbonlik qilgan U-17 Osiyo kubogi saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Hal qiluvchi pallada Iroq o'smirlarini taslim qilgan vakillarimiz musobaqaning final bosqichiga yo'l oldi. Mazkur saralash haqida terma jamoa ustozi Islom Ismoilov fikrlarini bildirdi.

- Birinchi navbatda qo'lga kiritilgan g'alaba bilan muxlislar, qo'llab-quvvatlab turgan barcha, murabbiylar, O'FA rahbariyati, xalqaro aloqalar bo'limi xodimi SHerzod Igamberdiev, terma jamoalar bo'limi rahbari Usmon Toshevga minnatdorchilik bildiraman, doim yonimda turgan murabbiylar shtabim, tashkilotchilarga ham rahmat aytaman. O'yindan oldin bizni faqat g'alaba qoniqtirar edi.

- Bu yoshda futbolchilarda kuchli hayajon bo'lishi tabiiy edi. Qaysidir manoda bosim yuklardi. Ular bilan suhbatlashdik, ruhiyatini ko'tardik. Iroqni o'rganib chiqqan holda taktika tanladik va bu ish berdi deya olaman. To'g'ri, birinchi vazifamiz gol o'tkazib yubormaslik edi. SHu bois ikkinchi zonada himoyalandik va raqib hujum qilishi mumkin bo'lgan xududlarni yopdik. Barcha uchrashuvlarda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'layotganimizga qaramay realizaciyada muammolar bor edi. Yigitlar o'z imkoniyatlarini kutishdi. Kuch jihatdan Iroq bizdan kuchliroq, jismonan baquvvat. Bunday havoda maydonda turishning o'zi bosim berardi. Futbolchilar aytilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. 

- Jahon futbolida ham chuqur himoyani yorib o'tish muammolardan biri hisoblanadi. Top jamloalar ham chuqur himoyalanganda hujumkor jamoa qiynaladi. Yirik hisobdagi g'alabani kutgandik. Agar ertaroq gol urganimizda shunday vaziyat bo'lardi. Juda qiyin o'yinda yakuniy nuqtani qo'ya oldik. Barcha bahslarda hayajon bo'ldi va tabiiy holat. Ularning orzulari bor. 3 ta o'yinda raqiblarga qarshi qo'llagan rejalarimiz o'zini oqladi. Bunday qisqa vaqtli turnirlarda hamma narsani hisobga olish kerak. 

- Qita musobaqasining final bosqichigacha rejamiz bor edi. Asosiy vazifa bajarildi va endilikda rahbariyat bilan yana bu masalani gaplashamiz. Osiyo chempionatigacha oldimizda ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi. Endilikda ularning vaqtlari aniqligiga qarab tayyorgarlikni davom ettiramiz. Maqsadimiz Osiyo chempionatida g'olib chiqish, shunday ekan har qanday raqibga qarshi munosib o'ynab g'alaba qozonishimiz zarur. Saralashda esa qiyin guruhdan peshqadam sifatida chiqdik

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика