So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  25 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  1 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  21 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  1 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  39 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4 19:02АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда иродали ғалабага эришди  17

Intervyu. Dilshod Jo'raev: "Men uyga qaytdim" Yangiliklar

Intervyu. Dilshod Jo'raev: "Men uyga qaytdim"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi qishki transferlar vaqtida bir qator sobiq futbolchilarini ortga qaytarmoqda.

Ulardan biri yarim himoyachi Dilshod Jo'raevdir. Futbolchi klub bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Malumot o'rnida aytish joiz, Dilshod Jo'raev 2012-2015, 2018 yillar davomida "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qilgan. Biz bu borada uning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Hozirgi "Bunyodkor" avvalgi yillardagidan farq qiladi. SHunday ekan qiyin pallada sobiq jamoangizga qaytishga sizni nima undadi? 

- Avvalo shuni aytishim kerakki, men aynan shu klub orqali katta futbolga kirib kelganman. Qolaversa rahbariyat va murabbiy ishonchi ham bunda katta ahamiyat kasb etdi. Qaytishimga shu omillar sabab bo'ldi. Bundan 7-8 yil oldin "Bunyodkor"ning strategiyasi boshqacha edi. Asosan tayyor va tajribali futbolchilarga etibor berilardi. Bugungi kunga kelib yoshlar tarkibning o'zagini yoshlar tashkil qilmoqda. Bu albatta yaxshi. Agarda fikrimizni to'g'ri qilib bir oila bo'la olsak qiyinchiliklarni engib o'tamiz. 

- Markazda yani tayanch yarim himoyasida, oldingi chiziqda o'ynagan vaqtingizda tez-tez ko'zga tashlanib turar edingiz. Lekin diqqat markazidan yo'qotib qo'ygandekmiz. So'nggi yillarda murabbiylar sizni himoyaga yaqin joyda o'ynatayotgani tasirimi?

- Murabbiy qaysi poziciyaga qo'ysa, futbolchi o'sha joyda o'ynashi kerak. Sizning gapingiz ham qaysidir manoda to'g'ri. CHunki oldinroqda to'p tepganimda gol urish uchun imkoniyatlar bo'lardi. 

-  Ayni paytda tarkibda yosh futbolchilar, akademiya tarbiyalanuvchilari ko'pchilikni tashkil qiladi. Jamoada kam sonli tajribali futbolchilardan birisiz. SHu bois bu yil sizdan etakchilikni kutish mumkinmi?

- Ko'p yosh ham demagan bo'lardim. Tarkibda 20dan oshgan yigitlar ham bor. Hammada etakchilikni qo'lga olish imkoniyati mavjud. Barchaga omad tilayman. 

- Siz bilan avval gaplashganimizda "Bunyodkor"ga qaytish istagingiz borligini aytgan edingiz. Klubni yaxshi ko'rishingizni bildirgansiz. Balki AGMKda o'zingiz istagandek o'ynamagandirsiz yoki muhitni o'zgartirish niyati tug'ildimi?

- To'g'ri aytdingiz. "Bunyodkor" doim qalbimda bo'lgan. AGMKda oxirgi mavsumda o'zim xohlagandek o'yin amaliyotiga ega bo'lganim yo'q. Futbolchi rivojlanishi uchun maydonga chiqishi kerak. SHunda o'sish bo'ladi, deb o'ylayman. Muhitni o'zgartirishni maqul, deb bildim. 

- "Bunyodkor" joriy mavsumda qaysi o'rinlarga kurashadi?

- 2022 yilda xalqaro maydonga 2+2 kvotasi berilgan . SHunday ekan faqat yuqori o'rinlarga kurashamiz. "Bunyodkor" shu kungacha pastki o'rinlar uchun harakat qilmagan. O'tgan mavsumda 2 o'rindagi jamoadan 2 ochko ortda qolishdi.

- Bugungi "Bunyodkor"ning yutug'i nimada?

- Menimcha hozirda yoshlarning asosiy tarkibda o'ynayotgani ular uchun yutuq hisoblanadi. Biz to'p tepgan paytda asosiy tarkibga kirish uchun yillar davomida harakat qilar edik. Raqobat kuchli bo'lardi. "Bunyodkor" yosh futbolchilarga tramplin vazifasini bajarib bermoqda. Fursatdan foydalanib AGMK jamoasiga, rahbariyati, muxlislari, murabbiylar shtabi, futbolchilarga rahmat aytib qolaman. Oz emas, ko'p emas 5 yil o'ynadim. SHu klubning non-tuzini edim. Ikki marotaba bronza meddallariga ega chiqdim. OCHLda ishtirok etdim. Mirjalol Qosimov bilan ishlaganimdan xursandman. SHu bois mazkur klubda to'p tepganimdan hech qachon afsuslanmayman. Darhaqiqat Olmaliqdan ajoyib xotiralar bilan ketdim, deya olaman. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика