So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  15 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  7 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  2 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  13 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  8 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  5 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 17:48Остон Ўрунов яна жароҳат олди  13 17:21Англия грандлари Родригога қизиқмоқда  1 16:53"Манчестер Юнайтед" антирекордларни янгилади  1 16:26Ён ҳакамнинг боши ёрилган, самарқандликлар ғалабаси билан якун топган "Андижон" – "Динамо" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  15 16:06Бразилия футбол конфедерацияси Мадридда Анчелотти билан музокаралар олиб бормоқда  3 15:38Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи, футболчилари ва икки нафар шарҳловчи фахрий унвон ва медалларга эга бўлди  33 15:20Манба: "Рома" Шомуродов билан шартномани узайтирди  9

Intervyu. Dide Drogba: “Bunday bo'lishini kutmagandim” Yangiliklar

Intervyu. Dide Drogba: “Bunday bo'lishini kutmagandim”

Kotd Ivuarlik hujumchi bir necha kun avval AQSH futbol ligasida ishtirok etuvchi “Impakt Monreal” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Matbuot anjumanida esa “CHelsi”ning sobiq hujumchisi OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

“Monreal” Drogba bilan muzokara o'tkazish huquqini MLSning boshqa vakili “CHikago Fayr”dan 100 ming dollarga sotib oldi. Payshanba kuni Drogbani shahar aeroportida minglab ishqibozlar kutib olishdi. Klub xo'jayini Joui Saputo esa bu Kvebek shahri va jamoa uchun katta voqea ekanligini xursandchilik bilan takidladi.


“Jamoa bilan shartnoma tuzishdan avval bu erda ajoyib mavsum o'tkazgan Alessandro Nesta bilan suhbatlashdim. Klub prezidenti bilan suhbat ham katta tasir ko'rsatdi. “CHelsi”da bu er haqida malumot berishdi va bu men uchun juda muhim bo'ldi. O'z mavqeimni qanday qabul qilaman? Faqat odamlar ko'z oldida superyulduzman, kiyinish xonasida esa oddiy odamman. Barchamiz oddiy insonlarmiz. Men Istambul va Xitoyda bo'lganman, lekin kechagi kutib olish boshqacha bo'ldi. Bunday bo'lishini kutmagandim”, - deya gap boshladi Drogba.

- Klub va Monreal shahridan birinchi taassurotlar qanday?

- Bu erda turganimdan rostdan baxtiyorman. Bu erga kelish va “Monreal” uchun o'ynash haqida qarorga kelishimda klub prezidenti bilan uchrashuv va uning so'zlari katta ahamiyat kasb etdi. U menga iliq va do'stona murojaat qildi. Bu hayotimda yangi bosqich, loyiha va sinov demakdir. Bu erda meni katta ishlar kutib turganiga umid qilaman. Monreal – ko'p qirrali va madaniyatli shahar, bu muhim. Uni yaqindan bilishni va loyihani amalga oshirishni xohlayman.

- Mavsumlar oralig'ida “CHelsi” Monrealda yig'inlar o'tkazgan. Sobiq jamoadoshlaringiz bilan qaroringizni muhokama qilish uchun uchrashdingizmi?

- Barcha tanlovimdan ajablanmadi (kuladi). Nemanya Matich, Eden Azar, Joze Mourino.Barcha shaharni va klub infratuzilmasini maqtadi. Sport jihozlariga kelsak, jahondagi kam sonli jamoalar bunday imkoniyatga ega. Jamoada o'zimni qulay his qilishim juda muhim. Baza ham ahamiyatli. Sobiq jamoadoshlarim gaplari meni hayron qoldirdi, keyin internetga kirdim va muxlislar videosini ko'rdim va ular qanchalik ijobiy ekanligini tushundim.

- Qachon birinchi uchrashuvni o'ynashingizni bilasizmi?

- Bu menga bog'liq bo'lganda juma kuniyoq maydonga tushgan bo'lardim. Jiddiy aytsam, ikki yarim oy futbol o'ynamadim. Tayyorgarlik ko'rish uchun malum vaqt kerak. So'ng murabbiy bilan buni muhokama qilamiz – barchani qoniqtiradigan qarorga kelamiz. O'ynab, jamoaga foyda keltirishim mumkin, menga to'ydagi general vazifasini bajarish yoqmaydi.

- Sizningcha, MLS saviyasi o'syaptimi?

- Ha, Evropadan kelgan birinchi avlod futbolchilari tufayli, aytaylik, Devid Bekxem. Hozir ligada Frenk Lempard, Stiven Jerrard, David Vilya o'ynamoqda. Ular chempionat saviyasini ko'tarishadi. Bu futbolchilar tufayli liga Evropada yanada ko'proq etiborga ega bo'ladi.

- Sizda chempionatga ko'nikish uchun muammo yuzaga keladimi?

- Men bir narsani bilaman: futbol barcha erda bir xil. Hamma joyda futbolning umumiy tilida gaplashamiz. SHunday ekan, tez ko'nikib ketaman. Kot-d’Ivuardan 6 yoshimda ketganman, ota-onamdan yiroqda o'sdim, hayotidma ko'p narsani ko'rdim. O'zimga ishonaman – yangi sharoitga tez ko'nikib keta olaman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика