So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  2 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Intervyu. Denis Ivankov : “Yaman terma jamoasi kuchsiz o'yin namoyish etdi” Yangiliklar

Intervyu. Denis Ivankov : “Yaman terma jamoasi kuchsiz o'yin namoyish etdi”

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha Paxtakor markaziy stadionida, minglab ishqibozlar qarshisida Yaman terma jamoasi ustidan g'alabani tantana qildi.

Bayramona ruhda o'tgan uchrashuvdan so'ng terma jamoa darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. Malumot o'rnida aytib o'tish joiz tajribali mutaxassis bosh murabbiy Vadim Abramov bilan uchinchi bor birga ishlamoqda. Bundan avval ikki bor olimpiya terma jamoasida Abramovga  ko'maklashgan. 

- Denis Aleksandrovich g'alaba bilan tabriklaymiz. Dastlab Yaman terma jamoasiga qarshi kechgan o'yin haqida. Sizningcha terma jamoamiz nimaning hisobiga g'alabaga erishdi?

- To'g'risi Yaman kuchsiz va bo'sh o'ynadi. O'ylashimcha bizning yigitlar yaxshi tayyorgarlik ko'rishdi va ularga imkoniyat qoldirishmadi. Muxlislar qatori biz ham mamnunmiz. 

- Mazkur yig'inga chaqirilgan uchinchi darvozabon Abdumavlon Abdujalilov kimning qaroriga muvofiq taklif etildi?

- Abdumavlonni Vadim Abramov taklif qildi.

- Odatda yirik hisob qayd etilgan bahslarda g'olib jamoani kamchiliklari sezilmaydi. Uchrashuv davomida terma o'yinida xatolarni payqadingizmi? SHuningdek shogirdingiz Eldor Suyunovga bu o'yinda deyarli yumush topilmadi..

- Xato va kamchiliklar doim bo'lgan. Yo'l qo'yilgan kamchiliklarni to'g'irlaymiz va ularni ustida yana ishlaymiz. Ha, Eldorga himoyachilar ish qoldirmadi. 

- Falastin bilan uchrashuvdan so'ng jamoada kayfiyat tushgan edi. Futbolchilarni murabbiylar shtabi bilan birgalikda qanday ruhlantirdinglar?

- Mashg'ulotlar jarayonida va o'yindan avval, biz hammamiz vatan shani uchun maydonga tushayotganimizni takidladik. Yigitlar aytganlarimizni to'g'ri tushundi.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика