So’nggi yangiliklar

15:40Ана холос! Boxing Day'да фақат битта ўйин бўлади  0 15:15Рубен Аморим: "МЮ "Ливерпуль"дан тепада бўладими, менга фарқи йўқ"  1 14:50Терри "Тоттенхэм" собиқ футболчисининг "Челси" ҳақидаги гапига жавоб қайтарди  1 14:33Мбаппе "Реал" ва ПСЖни солиштирди  8 14:10Қашқадарё футбол академияси фойдаланишга топширилди  3 13:50Ислом бирдамлик ўйинларида футзал тақвими тасдиқланди  0 13:29Ўзбекистон Жаҳон чемпионатига тайёр (Кичик мундиал ҳақида билишимиз керак бўлган маълумотлар)  1 12:24"Барселона" "Челси" ва "Милан" билан Лига 1 даги ҳужумчи учун баҳслашади  2 11:4834 ёшли Рэмзи "Пумас" билан шартномани бекор қилди. У июль ойида Мексика клубига ўтган эди  1 11:20Мбаппе "Тоттенхэм" юлдузи Хави Симонсга баҳо берди  0 10:36Слот мағлубиятларга асосий сабаб нима бўлаётгани ҳақида гапирди  1 09:57Мбаппе жорий мавсумдаги мақсадини айтди  3 09:30Канте Европага қайтиши мумкин  1 09:02МЮ қишда АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  4 08:33Суперлига. Бугун "Бухоро" яна "Бобур Арена"да ўйнайди  13

Intervyu. Abror Ismoilov: "Neftchi"ning kuchlilar safida qolishi butun Farg'ona xalqini xursand qiladi" Yangiliklar

Intervyu. Abror Ismoilov: "Neftchi"ning kuchlilar safida qolishi butun Farg'ona xalqini xursand qiladi"

"Neftchi" bir nechta o'yinlik muvaffaqiyatsizlikdan so'ng nihoyat g'alabani tantana qildi.

Coca Cola Superligasining 17-turida Yaypanda "Qizilqum"ni qabul qilgan jamoa 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda dubl muallifiga aylangan Abror Ismoilov saytimiz tomonidan 17-tur ramziy terma jamoasiga kiritildi. So'nggi o'yin va "Neftchi"ning elitada qolish imkoniyatlari borasida Abror Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- "Qizilqum" bilan o'yin haqida nima deya olasiz? Umuman, hozirda "Neftchi" uchun har bir o'yin katta ahamiyatga ega hisoblanadi...

- O'ylaymanki, ikki jamoa ko'rsatgan o'yin muxlislarni zeriktirib qo'ymadi. G'alaba osonlik bilan qo'lga kiritildi, deya olmayman. Superliga bellashuvlari bunga misol bo'lmoqda. Jamoalar qiynalib ochkoga ega chiqishmoqda. 

- SHu kuni maydonda jamoalarning darajasi qanchalik sezildi?

- Turnir jadvalidagi o'rnimizdan kelib chiqib aytsam, jamoa tanlaydigan holatda emasmiz. Qanday raqib bo'lishidan qatiy nazar bu uchrashuvda yutishimiz kerak edi. Superligadagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz. 

- Penalti tepish vazifasi aslida kimga yuklatilgandi? O'tgan bahsda SHahzod Ubaydullaevga omad etishmagandi. Bu safar sizga...

- Penaltini kim tayyor bo'lsa, o'sha tepadi. Men o'zimga ishonib, nuqtaga yaqinlashdim, lekin foydalana olganim yo'q. O'yin davomida xatomni to'g'rilashga harakat qildim. Menimcha, uddaladim, deb o'ylayman. Bizda katta bosim bor. Bu vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. 

- Futbolchilar "Istiqlol"ga qaytishni sog'ingani tabiiy...

- Albatta. O'z maydonimizga qaytish futbolchilar uchun katta motivaciya bo'lardi.

- "Qizilqum" bilan uchrashuvdagi g'alaba "Neftchi"da elitada qolish imkoniyatlarini paydo qildi...

- "Neftchi"ni Superligada olib qolsak, butun Farg'ona xalqini xursand qilgan bo'lamiz. Buning uchun bor kuchimizni beramiz. 

- Nima deb o'ylaysiz, joriy yilda chempionlik poytaxtdan viloyatga chiqadimi?

- CHempionat qizg'in davom etmoqda. Oldindan biror narsa deyish qiyin. Sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalar har bir to'qnashuvda maksimal kuchini sarflashmoqda. 

- Davralar oralig'ida "Paxtakor" sizni ortga qaytarmoqchi edi...

- Bu – mening shaxsiy tanlovim. "Neftchi"da qolishga qaror qildim. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика