"Inter" sobiq hujumchisi o'zini boshqa sportda sinab ko'rdi
27 sen 2022 15:20
Yangiliklar
"Inter" sobiq hujumchisi o'zini boshqa sportda sinab ko'rdi
"Inter"ning argentinalik sobiq forvardi Rodrigo Palasio o'zini basketbolda sinovdan o'tkazdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, yulduz futbolchi Italiya D Seriyasining "Garnyano" klubi bilan shartnoma imzolagan.

40 yoshli sportchi allaqachon mintaqaviy turnirning yarim finalida debyut qildi va unda jamoasi 65:73 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Rodrigo uchrashuv davomida olti ochko to'pladi.
Kecha u klub safida ikkinchi o'yinini o'tkazdi va "Basket Malaspina"ga qarshi o'yinda 14 ochko jamg'ardi.
Palasio futbolchilik faoliyati davomida 618 ta uchrashuvda qatnashib, 206 ta gol urgan va 110 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar