"Inter" Lautaroning maoshini oshirmoqchi
12 noy 2023 17:54
Yangiliklar
"Inter" Lautaroning maoshini oshirmoqchi
"Inter" va Lautaro Martines o'zaro hamkorlik muddatini oshirmoqchi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Milan klubi futbolchiga 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. "Neradzurri" vakillari futbolchining agenti Alexandro Kamano bilan muzokaralar olib bormoqda. Navbatdagi uchrashuv ushbu oy oxirlarida o'tkaziladi.
Ayni damda Lautaro yiliga 6 mln evro maosh olmoqda. "Inter" esa bu summani 8 mln evroga oshirmoqchi. Bu orqali argentinalik futbolchi klubdagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Amaldagi kelishuv 2026 yilgacha davom etadi.
Ushbu mavsumda Lautaro A Seriyada 11 o'yinda 12 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar