"Inter" direktorining aytishicha, klub Allegrini bosh murabbiylikka olib kelmoqchi bo'lgan
17 may 2022 19:42
Yangiliklar
"Inter" direktorining aytishicha, klub Allegrini bosh murabbiylikka olib kelmoqchi bo'lgan
"Inter" direktori Beppe Marottaning aytishicha, klub Simone Indzagini murabbiy etib tayinlashdan oldin yozda Massimiliano Allegri bilan bog'langan.
O'shanda "Inter" klubni chempionlik sari etaklab, mavsum oxirida istefoga chiqqan Antonio Kontega o'rinbosar qidirayotgan edi.
"Indzagini tayinlashdan avval Allegri bilan aloqada bo'lgandik", - dedi Marotta. "Biz Simone rozi bo'ladi deb o'ylamagandik, Allegri esa ajoyib natijalarga erishdi".
Indzagi 2016-yildan beri “Lacio”ni boshqarib kelayotgandi, jamoa bilan Italiya kubogi hamda ikki marta Italiya superkubogini qo'lga kiritdi.
Hozirda “Inter” A seriyada ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Musobaqa yakuniga bir tur qolganda, klub Skudetto uchun kurashda “Milan”dan ikki ochko ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar