"Inter", "Bavariya" va "Yuventus"ning sobiq himoyachisi faoliyatini 41 yoshida yakunladi
31 jan 2020 02:35
Yangiliklar
"Inter", "Bavariya" va "Yuventus"ning sobiq himoyachisi faoliyatini 41 yoshida yakunladi
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lusio o'zining Instagram'dagi shaxsiy sahifasi orqali faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
"Futboldagi 22 yillik faoliyatimdan keyin butsalarimni mixga ilish vaqti kelganini tushundim. Xudoga shukr, futbol va oilam uchun!" - deb yozdi 41 yoshli Lusio.
Malumot uchun, Braziliya terma jamoasi, "Bavariya", "Inter" va "Yuventus"ning sobiq futbolchisi ECHL va JCH-2002 g'olibi, Konfederaciyalar kubogining ikki karra sohibi bo'lgan.
Fikrlar