"Inter" APL klubi forvardini sotib olishga tayyor
05 avg 2023 12:27
Yangiliklar
"Inter" APL klubi forvardini sotib olishga tayyor
"Inter" "Vest Xem"ga Janluka Skamakka uchun 24 mln evro taklif qildi.
Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, yana 4 mln evro bonuslar tarzda vada qilingan. Biroq London klubi Skamakkaning transferidan kafolatlangan 30 mln evro ishlab olishni istamoqda.
Aytilishicha, "Inter" hujumchi bilan kelishib olgan. Klublar o'rtasidagi muzokaralar ham yaxshi kechyapti.
O'tgan yozda "Vest Xem" Skamakkani sotib olish uchun "Sassuolo"ga 36 mln evro to'lagandi. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa tarkibida 27 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi.
"Inter" esa tezroq hujumchi topishni istamoqda. Ushbu yozda jamoa hujum chizig'idagi futbolchilar Romelu Lukaku hamda Edin Jeko jamoani tark etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar