"Inter" afsonasi "Sampdoriya"ni boshqarishi mumkin
04 okt 2022 14:36
Yangiliklar
"Inter" afsonasi "Sampdoriya"ni boshqarishi mumkin
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Sampdoriya"ning yangi bosh murabbiyi Deyan Stankovich bo'lish ehtimoli mavjud.
Manbaning xabar berishicha, Italiya klubi rahbariyati bir qator qoniqarsiz natijalardan so'ng istefoga chiqarilgan Marko Jampaolo o'rniga serbiyalik mutaxassis nomzodini ko'rib chiqmoqda.
44 yoshli Stankovich avval "Crvena Zvezda"ni boshqargan va Italiyada "Lacio" va "Inter" klublarida futbolchi sifatida to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar