Infantino Rossiyani xalqaro futbolga qaytarish tarafdori ekanini bildirdi
03 fev 20:44
Yangiliklar
Infantino Rossiyani xalqaro futbolga qaytarish tarafdori ekanini bildirdi
2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko'lamli agressiyasi boshlanganidan beri Rossiya futboli xalqaro maydondan chetda qoldi.
Biroq FIFA prezidenti Janni Infantino bu holatga chek qo'yish kerak deb hisoblaydi.
Jahon futboli rahbarining fikricha, Rossiyaga nisbatan boykot hech qanday ijobiy natija bermadi.
"Biz buni qilishimiz kerak. Aniq. Chunki bu taqiq hech narsa bermadi — aksincha, yanada ko'proq xafalik va nafratni keltirib chiqardi. Rossiyalik bolalar va qizlarning Evropa boshqa hududlarida futbol o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishi foydali bo'lar edi.
Biz nizomlarimizda shunga aniqlik kiritishimiz kerakki, siyosiy rahbarlarning harakatlari sababli hech qachon biror davlatga futbol o'ynashni taqiqlamasligimiz lozim", – dedi Infantino "Sky Sports"ga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Хозир 2 киши чикиб бир бирини хакорат килишни кариндошларини эслашни бошлайди