Inesta: "Real" menga qiziqish bildirgan paytlar bo'lgan, ammo u erda o'ynashni istamadim"
28 may 2018 14:17
Yangiliklar
Inesta: "Real" menga qiziqish bildirgan paytlar bo'lgan, ammo u erda o'ynashni istamadim"
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inestaning so'zlariga ko'ra, o'z vaqtida unga "Real" qiziqish bildirgan.
"Menga "Real" qiziqish bildirgan paytlar bo'lgan. Ammo ish muzokaralargacha bormagan, chunki u erda o'ynashni istamaganman.
"Barselona"dagi startim oson bo'lmagan. Lekin boshqa jamoada to'liq o'ynagandan, "Barsa" safida 10 daqiqa to'p tepgan yaxshiroq deb hisoblaganman.
Yaponiyaga ko'chib o'tishim haqida to'xtaladigan bo'lsak, takliflar ko'p bo'ldi. Men "Vissel Kobe"ni tanladim, chunki bu qiziq loyiha va menga Yaponiya yoqadi" - deydi Inesta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar